1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni



Yüklə 331,2 Kb.
səhifə42/124
tarix29.12.2021
ölçüsü331,2 Kb.
#48330
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

Abu nasr Forobiy yana aytadi: «Ta’lim – degan so’z xalqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir.

Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo’lishi, o’rganishidir»

Forobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda ham qay darajada pok bo’lishi kerakligini «Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida»gi risolasida shunday ta’riflaydi: «Falsafani o’rganihdan avval o’zingizni hirs-havaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notug’ri tuyg’ularga emas, balki kamolotga bo’lgan hirs-havas qolsin.

Bunga xulq axloqni faqat so’zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. SHunday so’ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo’lini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so’zlovchi, fikrlash ma’nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur»

Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo’lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko’pchilik manfaatini yuqori qo’yish, haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intil, adolatliylik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma’rifatli bo’lishidir. SHuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog’liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq me’yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko’ramiz. Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta’limotida mantiq (logika) ilmi muhim o’rin tutadi deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika o’rtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo’lda olib borish uchun aqlni to’g’irlab turadi deydi.

Forobiy «Muzika haqida katta kitob» degan ko’p jildi asari bilan o’rta asrning yirik muzikashunosi sifatida ham mashxur bo’ldi. U muzikaga ilmini nazariy, amaliy jihatdan yoritib, muzikani inson axloqini tarbiyalovchi sihat salomatligni mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning muzika sohasida qoldirgan merosi muzika madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir.

Forobiyning ta’lim-tarbiya yo’llari, usullari vositalri haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go’zal fazilatlar ikki yo’l – ta’lim va tarbiya yo’li bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug’ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta’lim so’z va o’rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo’ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko’nikmalarni qay darajada o’rganganligiga qarab paydo bo’ladi, deb ko’rsatadi.

Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o’rganilsa, tarbiyada ma’naviy – axloqiy qoidalar, odob me’yorlari o’rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.

Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta’lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta’lim – tarbiya ishlarini ikki yo’l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.

«Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yo’l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi – qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.

Ikkinchi yo’l (yoki usul) – majbur etish yo’li. Bu usul gapga ko’nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo’llaniladi. CHunki ular o’z istaklaricha so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o’rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo’ladi. Kasb hunarlarni va juz’iy san’atlarni egallashga intilish bo’lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. CHunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni fazilat egasi qilib va san’at ahllariga aylantirishdir

Demak, Forobiy ta’lim – tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko’zlaydi.




Yüklə 331,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin