1. Jamiyat tushunchasi. Ibtidoiy jamiyatdan fuqarolik jamiyatiga qadar



Yüklə 284,5 Kb.
səhifə1/16
tarix08.02.2022
ölçüsü284,5 Kb.
#52234
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1352812629 37777


www.arxiv.uz

Reja:

1. Jamiyat tushunchasi. Ibtidoiy jamiyatdan – fuqarolik jamiyatiga qadar.

2. Davlat kelib chiqishining asosiy xususiyatlari. Ilk davlatlarning shakllanishi. Davlatning paydo bо`lishiga oid nazariyalar.

3. Huquqning kelib chiqishi va uning asosiy sabablari. Huquqning kelib chiqishiga oid nazariyalar
«Jamiyat» tushunchasi. Kishilik jamiyati. Ibtidoiy jamiyat.

Quldorlik jamiyati. Fuqarolik jamiyati

Jamiyat inson xayvonot dunyosidan ajralgandan sо`ng paydo bо`lgan. Inson jamiyatning birlamchi bugani va asosidir. Jamiyat — ongli insonlar о`zaro aloqalarining muayyan tizimi. Inson doimo jamiyat bilan aloqada. Inson jamiyatdan tashqarida yashay olmaydi. U faqat jamiyatdagina rivojlanadi, о`z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyon etadi, shaxs sifatida shakllanadi. О`z navbatida, shaxs ham jamiyat taraqqyotiga hissa qо`shadi. Insonsiz jamiyatni tasavvur etish mumkin emas.

Jamiyat — muayyan tabiiy ehtiyoj va manfaatlariga kо`ra birlashgan kishilarning ma`lum tarzda tashkil etilgan tizimidir. Kishilar, ularning tashkilotlari, jamoalari turli iqtisodiy, ma`naviy, ahloqiy, diniy va boshqa munosabatlar orqali jamiyatga birlashadi.

Jamiyat — kishilarning murakkab ijtimoiy birlashmasidir. Jamiyatda biologik qonunlar emas, balki sotsial qonunlar amal qiladi. Jamiyat birlashishga moyil bо`lgan birliklar, ya`ni guruhlar, sinflar, qatlamlardan iborat. «Jamiyat» — yer kurrasidagi barcha kishilarni birlashtiruvchi eng keng tushunchadir. «Kishilik jamiyati» tushunchasi shundan kelib chiqqan. «Jamiyat» tushunchasi о`z ichiga «fuqarolik jamiyati» va «davlat» tushunchalarini oladi.

Jamiyat — muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimidir. Shuning uchun jamiyatga aniq tarixiy nuqtai nazardan yondashmoq kerak. Kishilik jamiyati о`z taraqqiyotida turli bosqichlarni bosib о`tgan. Misol uchun insoniyatning qadimiy, о`rta asrlar, yangi va eng yangi davr tarixini kо`rsatish mumkin.

Jamiyat ijtimoiy hayotdagi iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy sohalarning xususiyatlarini о`zida namoyon etadi. «Jamiyat» tushunchasi ijtimoiy muloqot subyektlarini, ya`ni shaxs, oila, millat va boshqalarni aniqlashga imkon beradi.

Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida jamiyat turli shakllarni oladi. Uning ichki tuzilishi, ya`ni iqtisodiy va ijtimoiy strukturasi ham har xil bо`ladi. Kishilik taraqqiyoti davomida jamiyat tuzilishi murakkablashib boradi.

Ammo ayrim hollarda, odatda iqtisodiy, siyosiy, milliy, diniy manfaatlar asosida jamiyat «ajrashish kayfiyatlariga» mubtalo bо`ladi. Davlat jamiyatning eng muhim tarkibiy elementidir. U jamiyatda asosan siyosiy funksiyalarni bajaradi. Jamiyat bilan davlat aynan bir narsa emas. «Jamiyat» tushunchasi «davlat» tushunchasidan keng.



Fuqarolik jamiyati — davlatning fuqarolaridan, ya`ni о`zaro о`zviyaloqadorlikda bо`lgan hamda ahloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega kishilardan iborat jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning a`zolari bо`lmish fuqarolarning о`zlari orqali ongli ravishda saqlab turiladigan va qat`iy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat о`zini о`zi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli ta`siri talab etilmaydi. Davlat bunday jamiyatning nazoratida bо`ladi, chunki davlat — fuqarolik jamiyatining «yollanma xizmatkori»dir. Zero, davlat fukarolar, korxona va muassasalardan olinadigan soliqdar hisobiga yashaydi. Fuqarolik jamiyati nafaqat о`zining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham boshqarib turadi.

Hamma jamiyatlar ham fuqarolik jamiyati emas. Fuqarolik jamiyati ancha yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish kо`rsatkichidir.

Davlat, huquq va jamiyat muayyan aloqadorlikdadir. «Jamiyat» — eng keng tushuncha. Davlat uning ichida yuzaga keladi. Davlat huquqni keltirib chiqaradi, ammo huquq ham davlatni shakllantiradi va yо`naltiradi. Jamiyat davlat va huquq ta`sirida u yoki bu tomonga о`zgaradi. Huquq. hamma uchun majburiy bо`lib, davlat uchun ham, jamiyat a`zolari uchun ham muhimdir. Davlat va jamiyat о`zaro aloqador, ammo teng ahamiyatli emas. Davlat bilan jamiyat aynan bir narsa emas. Mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar qanchalik mukammal bо`lsa, jamiyat va davlatning funksiyalari (vazifalari) ham shunchalik aniq ajralib turadi.



Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat uz munosabatlarda bо`ladi. Jamiyat о`zining ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga oid kо`plab muammolarni davlatning yordamisiz (va aralashuvisiz) hal qiladi. Fuqarolik jamiyati о`zini о`zi boshqaradi va huquqiy davlat siyosatiga, undagi huquqiy tizimga hal qiluvchi ta`sir о`tkaza oladi.

Yüklə 284,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin