1. Jamiyat tushunchasi. Ibtidoiy jamiyatdan fuqarolik jamiyatiga qadar



Yüklə 284,5 Kb.
səhifə14/16
tarix08.02.2022
ölçüsü284,5 Kb.
#52234
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1352812629 37777

Huquqning ilk funksiyalari
Huquqning ilk funksiyalari paydo bо`lishi tarixiy edi. Uning ijtimoiy ahamiyati katta. Bu ilk sinfiy jamiyatning dastlabki bosqichlarida huquq bajaradigan funksiyalarda kо`rinadi.

Birinchidan, huquq normal tashkiliy-mehnatni, jamiyatning ishlab chiqarish faoliyatini, normal iqtisodiy axborot ishlab chiqarishni, mahsulot iste`moli va ayirboshlashni tartibga solish funksiyasini bajaradi.

Ikkinchidan, huquq davlat tuzumini, jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, iqtisodiy hayotning tashkil etilishini, ma`lum sotsial guruhlarning hukmronligini, mafkura asoslarini, dehqon jamoalarining, jamiyatning boshqa a`zolarining hayoti, erkinligi, mulkini qо`riqlash funksiyasini bajaradi.

Uchinchidan, huquq jamiyatdagi qarama-qarshiliklarni, о`zboshimchaliklarni va boshqa sotsial ziddiyatlarni yumshatadi. Bu uning gumanistik funksiyasidir.

Tо`rtinchidan, huquq bir qator zaruriy prinsiplarni va yurish-turish qoidalarini, ruhiy va ahloq qoidalarini ijtimoiy ongga singdiradi. Bu uning mafkuraviy funksiyasidir.

Beshinchidan, huquq yosh avlodni, jamiyatning hayotiy maqsadlarini, sotsial hayot ideallarini, ahloqiy va huquqiy qadriyatlarni о`zlashtirishga tayyorlaydi. Bu uning tarbiyaviy funksiyasi bо`lib, juda muhim hisoblanadi.

Huquqning yana bir funksiyasi kо`plab munozaralarga sabab bо`lmokda. Bu yerda hukmron guruhlar hukmronligini, davlatning sinfiy zо`ravonlik, harbiy bosqinchilik va shunga о`xshash noqonuniy harakatlarini asoslash va ta`minlashda huquqdan foydshanish haqda gap boryapti. Bu funksiya huquq paydo bо`lishining muhim masalalaridan biri bо`lib, turli huquqiy nazariyalarda turlicha hal qilinadi. Shuni ta`kidlash lozimki, huquq kelib chiqishining dastlabki bosqichidayoq sinfiy zо`rlikni, davlatning majburlash funksiyasini ta`minlashga xizmat qilgan. Zо`rlik funksiyasini yuridik ifodalash huquq mavjudligining hayotiy voqeligidir. Lekin bu funksiya huquqning asosiy sotsial ahamiyati va vazifasi emas va funksiya ma`lum vaqtda, odatda jamiyatning ichki va tashqi hayotida favqulodda holat yuz bergandagina amalda bо`ladi.

Zо`rlik funksiyasining paydo bо`lishi — huquq tizimi va davlat hokimiyatining о`zaro munosabatidagi nomutanosiblik, obyektiv va subyektiv omillarning harakati natijasidir. Demak, huquqning «zо`rlik» funksiyasini xaspо`shlash kerak emas, shu bilan birga, uni huquqning asosiy funksiyasi deb qarash ham yaramaydi. Bunday holat huquqning ijtimoiy qimmatini aslo kamaytirmaydi. Yuqorida sanab о`tilganlar xuquqning doimiy amaldagi funksiyalaridir.

Yüklə 284,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin