Issiqlik o‘tkazish jarayonlari (isitish, sovitish, bug‘larni kondenslash, bug‘latish) kimyo
sanoatida keng tarqalgan.
Issiqlik tarqalishining uchta prinsipial turi bor:
issiqlik o‘tkazuvchanlik,
konveksiya va
issiqlikning nurlanishi.
Bir-biriga tegib turgan kichik zarrachalarning xarakati natijasida
yuz beradigan issiqlikning
o‘tishi
issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi (yoki konduksiya). Gaz va tomchili suyuqliklarda
molekulalarning xarakati natijasida yoki kattiq jismlarda kristall panjaradagi atomlarning
tebranishi ta’sirida yoxud metallarda erkin elektronlarning diffuziyasi
oqibatida issiqlik
o‘tkazuvchanlik jarayoni sodir bo‘ladi. Qattiq jismlarda va gaz yoki suyuqliklarning katlamlarida
issiqlik asosan issiqlik o‘tkazuvchanlik issiqlik tarqalish prinsipi asosida tarqaladi.
Dostları ilə paylaş: