1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/66
tarix09.06.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#61071
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
100 та савол

14. 
Gazlarni tozalash. 
Tozalash maqsadi, usullari, filtr, siklon, daraja, ajratish, parametrlar, qarshilik, uyurmali, 
rotasion. 
Gazlarni quyidagi maqsadlarda tozalanadi:
1) gaz aralashmalaridan kimmatbaxo maxsulotlarni ajratib olish;
2) jarayon ketishi paytida unga salbiy ta’sir kiluvchi va qurilma buzilishini tezlashtiruvchi 
moddalarni gaz aralashmasidan chiqarib tashlash 
3) atrof-muxit xavosining ifloslanishini kamaytirish uchun tozalanadi 
Gazlarni yuvish yo‘li bilan changdan tozalash usulidan foydalanilganda changli oqim tomchi 
yoki plenka xolatidagi suyuqlik bilan kontaktda bo‘ladi. Gidrofill xossali chang suyuqlik 
yuzasiga yopishib, u bilan birga qurilmadan tashkariga chikariladi 
Gazlarni changdan tozalash uchun cho‘ktirish kameralari, siklonlar, uyurmali chang 
ushlagichlar, skrubberlar, Venturi trubasi, filtrlar, rotasion qurilmalar, elektr filtrlar ishlatiladi. 
15. 
Issiqlik jarayonlarning turlari. 
Agentlar, suv bug‘i, o‘tkir bug‘, issiqlik suv, mineral moylar, organik suyuqlik, gaz, suyuq 
metallar, havo, suv, muz, kondensasiya 
Bug‘ning kondensasiyalanishi. Kimyoviy qurilmalarda bug‘ orqali issiqlik berishda bug‘ 
suyuqliklarning katlam xolida kondensasiyalanadi. Bug‘ning kondensasiyalanishi vaqtida asosiy 
termik qarshilik kondensatning yupqa katlamida yuz beradi. Suyuqliklarning katlamning devor 
tomondagi xaroratini devorning xarorati t
d
ga, bug‘ tomondagi xaroratini esa to‘yinish xarorati t
t
ga teng deb olinadi. Suyuqliklarning katlamning termik qarshiligiga nisbatan bug‘ fazasining 
termik qarshiligi juda kichik.
Bug‘ning kondensasiyalanishida issiqlik berish koeffisiyenti quyidagi umumiy tenglama 
yordamida aniqlaniladi: 
16. 
Gidrostatika. 
Og‘irlik, bosim, parallelepiped, tenglama, Eyler, muvozanat, koordinata, gidrostatika, nyuton, 
nonyuton 
Bosim va temperatura ta’sirida o’z xajmini o’zgartirmaydigan yoki siqilmaydigan, o’zgarmas 
zichlikka ega va ichki ishqalanishi (qovushqoqligi) bo’lmagan suyuqliklar ideal suyuqlik deb 
aytiladi. Aslida esa xar qanday suyuqlik bosim yoki temperatura ta’sirida o’z xajmini 
o’zgartiradi. Xar qanday suyuqlikda ichki ishkalanish kuchi va qovushqoqlik bo‘ladi. Demak, 
xaqiqatda tabiatda ideal suyuqlik bo’lmaydi, ya’ni barcha suyuqliklar xaqiqiy suyuqlikdir. 
Ammo ba’zi suyuqliklarning qovushqoqligi juda kichik bo‘ladi. Ular temperatura va bosim 
ta’sirida o’z xajmini shu qadar kam o’zgartiradiki, bu o’zgarishni amalda xisobga olmasa xam 
bo‘ladi. Bunday suyuqliklar shartli ravishda. ideal suyuqliklar deyiladi. Bu tushuncha xaqiqiy 


suyuqlik qonunlarini o’rganishni osonlashtiradi. Elastik suyuqliklarning hajmi temperatura va 
bosim ta’sirida keskin o’zgaradi 
Biror idishda tinch turgan suyuqlikka ogirlik va bosim kuchlari ta’sir kiladi. Bu kuchlarning 
uzaro ta’sirining suyuqlik Sichida taksimlanishi Eyler tomonidan ishlab chikilgan differensial 
tenelama bilan ifodalanadi. Ushbu tenglamani keltirib chiqarish uchun idishdagi suyuqlik 
xajmidan kichkina parallelepiped shaklidagi bulakcha olib, fazoviy koordinatalar sistemasida 
unga ta’sir kilayotgan kuchlarni ko’ramiz 
Parallelepipedning xajmini dv, uning x, u va z koordinatalar o’qiga parallel yo’nalgan 
qirralarini dx, dy va dz bilan belgilaymiz. Parallelepipedga ta’sir qilayotgan og’irlik kuchi 
massa m bilan erkin tushish tezlanishi g ning ko’paytmasiga teng, ya’ni gdm. Gidrostatik 
bosim kuchlari esa gidrostatik bosimning shu (qirralar yuzasi ko’paytmasiga teng bo’lib, uning 
qiymati koordinatalar o’qlariga bog‘liq
Shunday qilib, kichkina parallelepipedning muvozanat shartidagi tenglamalar sistemasi bilan 
ifodalanadi:
(2.7)
Bu tenglamalar sistemasi Eylerning suyuqlik muvozanat xolatining differensial tenglamasi 
deyiladi. Suyuqlikning istalgan nuqtasidagi gidrostatik va og’irlik kuchini aniqlash uchun bu 
tenglamalar sistemasini integrallash kerak. Tenglamalarning integrali gidrostatikaning asosiy 
tenglamasi bulib, muxandislik xisoblash ishlarida keng qo’llaniladi.
. GIDROSTATIKANING ASOSIY TENGLAMASI
(2.7) tenglamalar sistemasidan ko’rinib turibdiki, tinch turgan suyuqlikning istalgan nuqtasidagi 
bosimning x va y o’qlar bo’yicha o’zgarishi nolga teng bo’lib, bosim vertikal z o’q bo’yicha 
o’zgaradi. Shuning uchun dP/dz xususiy xosila miqdorini dP/dz bilan almashtiramiz, u xolda:
Bundan
(2.8)
Tenglamaning chap va ung qismini pg ga bo’lib, ishoralarini o’zgartiramiz
Bir jinsli anik siqilmaydigan suyuqliklarning zichligi o’zgarmas bulgani uchun
Bu tenglamani integrallaymiz, u xolda:
Bu tenglama gidrostatikaning asosiy tenglamasi deyiladi.
Tenglamada z - ixtiyoriy gorizontal tekislikka nisbatan olingan nuqtaning balandligi (nivelir 
balandlik) yoki geometrik napor, P/ g - statik yoki pezometrik napor (yoki bosim kuchi).
 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin