Barbotajli bug‘latish qurilmalari. Yuqori xaroratda qaynaydigan va o‘ta agressiv eritmalar
--- sulpfat, xlorid, fosfat kislotalarning eritmalari isituvchi inert gazlarning bevosita kontakti
ta’sirida barbotajli bug‘latish qurilmalarida bug‘latiladi.
Issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan, zanglamaydigan, yuqori xaroratlarga chidamli materiallarni
topish qiyin bo‘lgani uchun, bunday eritmalarni isituvchi agentni devor orqali berish bilan
bug‘latib bo‘lmaydi. Ichki qismi o‘tga chidamli va zanglamaydigan material (g‘isht, keramik
plita) bilan futerovka qilingan metall qobiqli qurilmalarda eritmalar bevosita tutun gazlarining
aralashuvi ta’sirida bug‘latiladi. Gaz beriladigan barbotaj turlari termosilid, grafit va
zanglamaydigan materiallardan tayyorlanadi.
Bu qurilmalarda eritmalar bilan gaz bir-biriga qarama - qarshi yo‘nalgani uchun yoqilgidan
chiqqan gazlarning issiqligidan samarali foydalaniladi, lekin qurilmadan chiqib ketayotgan gaz
bilan birga ko‘p miqdorda issiqlik yo‘qotiladi. Bundan tashqari, qurilmada gaz bilan birga chiqib
ketayotgan eritma bug‘larini ajratish uchun elektrofiltr nazarda tutilgan. . 27. Suyuqliklar muxitlarida aralashtirish Aralashtirish, mexanik, pnevmatik, aralashtirgich, parakli, propelerli, trubinali, kattalik, quvvat, tenglama. Aralashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlatiladi: a) qattiq zarrachalarni suyuqlik xajmida bir tekisda tarkatish (suspenziya xosil qilish);
b) suyuqlik zarrachalarini tegishli o‘lchamlargacha maydalash va ularni suyuqlik muxitida
bir tekisda tarkatish (emulsiya xosil qilish); gaz zarrachalarini suyuqlikda bir tekisda tarqatish
(aerasiya);
g) suyuqlikni isitish yoki sovutish jarayonlarini tezlashtirish;
d) aralashadigan sistemalardagi (masalan, qattiq materiallarni suyuqlik yordamida eritish)
modda almashinishini tezlashtirish.
Qovushoqligi uncha yuqori bo‘lmagan taxminan
µ<200Pa.s suyuqliklarni aralashtirish uchun pnevmatik aralashtirgichlar ishlatiladi.
Aralashtirish uchun ko‘pincha siqilgan xavo ishlatiladi. Bunday aralashtirish jarayoni sekin
boradi va juda ko‘p energiya sarf bo‘ladi. Bundan tashqari, xavo yordamida aralashtirishda
keraksiz jarayonlar: oksidlanish yoki maxsulotning bug‘lanishi yuz berishi mumkin. Odatda
pnevmatik usul kullanilganda teshikchalari bo‘lgan tarkatuvchi trubalar (barbotyor) orqali
siqilgan xavo yuboriladi.