Rotor plastinali va suv xalkachali vakuum nasoslar.Bu nasoslar konstruktiv jixatdan
kompressorlarga uxshaydi. Rotorli vakuum nasoslarda koldik xajm maxsus kanal yordamida past
bosimli kamera bilan birlashtirib, gazning bosimi tenglashtiriladi. Bunda vakuum nasoslarning
xajmiy koeffisiyenti va unumdorligi ortadi.
Suv xalkachali vakuum nasoslarda xosil bo‘lgan siyraklanish miqdori nasosga kuyiladigan ish
suyuqligining porsial bosimiga va xaroratiga bog‘liq. Suyuqlik xarorati ortishi bilan siyraklanish
miqdori kamayadi. Shu sababli suv xalkachali vakuum nasoslarga past xaroratli suyuqliklar
kuyiladi.
48 51. Bug‘latish jarayonlari haqida umumiy tushuncha. Turlari, tuzilishi, tabiiy, majburiy, markaziy sirkulyasion trubali, tashqi sirkulyasion trubali, ajratilgan isitgichli, majburiy sirkulyasiyali, plyonkali, barbotajli. 52. Filtrlash qurilmalarini tuzilishi. Filtrlash, filtr, usullari, qo‘shimcha jarayonlar, tezligi, tenglama, rejimlari, qurilmalar, cho‘kma, panronli, filtr, filtr-press, xisobi. Suspenziya va changli gazlarni filtr to‘siqlar orqali o‘tkazib tozalash jarayoni filtrlash deyiladi. Filtr to‘siqlar qattiq zarrachalarni ushlab qolib, suyuqlik yoki gazni o‘tkazib yuborish
qobiliyatiga ega. Filtr to‘siqlar yoki filtr sifatida mayda teshikli turlar,turli gazlar, sochiluvchan
materiallar (qum, maydalangan ko‘mir, bentonitlar) kerakli buyumlar va boshqalar ishlatiladi.
Filtr sifatida paxta, yung va sintetik gazlamalardan tayyorlangan materiallardan xam
foydalaniladi.
Bu xususiyaga ko‘ra filtrlash ikkiga bo‘linadi.
1. Cho‘kma xosil qilish yo‘li bilan filtrlash.
2. Filtrlovchi materialning teshiklarini to‘ldirish orqali filtrlash.
Sanoatning ko‘p tarmoqlarida cho‘kma xosil qilish yo‘li bilan filtrlash keng qo‘llaniladi.
Filtrlash jarayonida siqiluvchi va siqilmaydigan cho‘kmalar xosil bo‘ladi. Siqiluvchi
cho‘kmalardagi zarrachalar bosim ortishi bilan deformasiyaga uchrab, ularning o‘lchami
kichiklashadi. Siqilmaydigan cho‘kmalarda bosim ortishi bilan zarrachalarning shakli va
o‘lchami deyarli o‘zgarmaydi. Sanoatda filtrlashdan so‘ng quyidagi qo‘shimcha jarayonlar
amalga oshiriladi.
1. Cho‘kmani yuvish.
2. Cho‘kmani oddiy xavo va inert gazlar bilan dudlash.
3. Cho‘kmani issiq xavo bilan quritish.