1 joriy topshiriqlar. 1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 82,47 Kb.
səhifə4/7
tarix22.10.2023
ölçüsü82,47 Kb.
#159480
1   2   3   4   5   6   7
1- topshiriq

Uyg‘onish davri

Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar), Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. "Renessans" atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, qurfikrlilik uchun kurashish.

Sharq Uygʻonish davri vakillari oʻz xalklarining ked. madaniyat bilan birga, yunon vahind xalklari merosidan ham foqdalanishgan. Yunon olimlarining asarlari 8—9-asrlarda arab tiliga tarjima qshshndi, sharxlandi. Aflotun, Arastuni Sharq faylasuflari ham oʻz ustozlari deb hisoblashgan, Plotin qarashlari Ibn alArabiyga taʼsir etib, "vahdatul vujud" falsafasiga turtki berdi. Biroqyunonlar koʻp fikrlarni qad. osiyoliklardan olganlar. Bu tarix qonuniyati; Abu Rayhon Beruniyning "Kitob attafhim li avoil sinoat attanjim" asari qoʻlyozmasi (13a).yuksalishga shaylangan xalq oʻz madaniyati va oʻzigacha yaratilgan bashariy yutuqlarni oʻzlashtirib, yana yuksaklikka koʻtariladi.

Uyg‘onish davri panteizmining eng yirik vakili Djordano Bruno (1548-1600) edi. Qarama-qarshiliklarning bir-biriga o‘xshashligi haqidagi dialektik g‘oyani ta'kidlagan holda, Bruno falsafiy bilimlarning maqsadi Xudo emas, balki tabiat deb hisoblab, shu bilan birga koinotda tabiatning va dunyolarning cheksizligi haqidagi taxminlarni ifodalab berdi.
Mumtoz mexanikaning tamal toshini qo‘ygan, tajribaviy-nazariy tabiatshunoslikning asoschilaridan biri G.Galiley (1564-1642) edi. Uning fikricha, bilish sohasida ikki usuldan, ya'ni tahlil (analiz) va sintezdan foydalanib, tabiat hodisalarini hissiy qabul qilishdan ularni nazariy tushunishgacha borib yetmoq lozim. Shu tarzda haqiqiy bilim tahliliy va sintetik, hissiy va abstraktlik birligida yagonaligida o‘z ifodasini topmog‘i lozim.




Yüklə 82,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin