3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob



Yüklə 8,99 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü8,99 Kb.
#188318
9-mavzu


Fan va texnologiyalar Universiteti MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNALOGIYALARI fakulteti
Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuvning asoslanishi.
Reja.
  • Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi

  • 2. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob

3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob.
Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning ba‟zi bir xarajatlarini hisobga olish va ularni kalkulyatsiya ob‟ektlari yoki hisobot davrlari o„rtasida to„g„ri taqsimlash maqsadida qo„llaniladi Yig„ib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar ma‟lum xo„jalik jarayonidagi xarajatlarni bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqtsiodiy  mazmuniga qarab, guruhlashtirish va ularni kalkulyatsiya obyektlari o„rtasida oldindan qabul qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi. Har bir xo„jalik operatsiyasi mablag„ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida yoki bir vaqtda ham mablag„da ham manbada bir xil summaga o„zgarishga olib keladi. Bunday o„zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo„llaniladi. Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo„jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o„zaro bog„liq bo„lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo„jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o„zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va  hisobning ikki alohida schyotiga ta‟sir etadi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi. 1. Buxgalteriya hisobi schyotlari–aktivlarning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo„yicha joriy aks ettirish, guruhlash, nazorat qilish  usulidir. Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo„jalik mablag„lari yoki ularning manbalarining boshlang„ich holati hisobga olinadi, keyingi bo„ladigan joriy  o„zgarishlar o„z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim turdagi aktivlar yoki passivlar to„g„risidagi ma‟lumotlarni istalgan paytda olish mumkin bo„ladi. 
Tashqi ko„rinishi bo„yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo„lgan jadval shaklida bo„ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu jadvalning chap  qismi “Debet” (D-t), o„ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi. “Debet” so„zi lotincha bo„lib “u qarzdor” , “Credit” so„zi esa “ishondi” degan ma‟noni bildiradi. Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda oxiridagi  holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma‟lumotlari buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi. Ushbu ma‟lumotlar qoldiq yoki saldo deb ataladi. Ayrim hollarda ba‟zi bir schyotlarda saldo bo„lmasligi ham mumkin. Debet va kreditda aktiv yoki passsivlarning tarkibidagi o„zgarishlar aks ettiriladi. Hisobot davri ichida schyotning debet qismida yozilgan summalar debet  oborot, kredit qismiga yozilgan summalarini kredit oborot deb ataladi. 
Sintetik va analitik (tahliliy) hisob.  2. Sintetik schyotlar xo„jalik mablag„lari va ular manbalari haqida umumiy va qiymat ko„rinishidagi ma‟lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo„ljallangan. Analitik  schyotlar ma‟lumotlari xo„jalik mablag„lari va ularni manbalarini nafaqat qiymat, balki 
natura hamda mehnat o„lchovi birliklarida yuritishga mo„ljallangandir. Analitik schyotlar bo„yicha buxgalteriya provodkalari amalga oshirilmaydi. Korxona ba‟zi xo„jalik mablag„lari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish zaruriyati tug„iladi. Shunday mablag„lar va ular tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi. Kalkulyatsiya schyotlari  korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko„rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini yuritishga mo„ljallangan. Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning butun bir moliyaviy- xo„jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Xo’jalik hisobi haqida tushuncha va unga qo’yilgan talablar
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo’li
orqali rivojlanmoqda. Bu jarayonlarda tashkilot va muassasalarni boshqarish, uning oldiga
qo’yilgan reja ko’rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo’jalik faoliyati ustidan
kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo’jalik hisobi
yordamida amalga oshiriladi.
Tashkilot va muassasalarning xo’jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish hamda xo’jalik jarayonlarini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat kuzatuvni amalga oshirishning o’zi kifoya qilmaydi. Olingan ma’lumotlarni o’lchash, ya’ni mutaxassislarga zarur bo’lgan ma’lum bir miqdoriy ko’rsatkichlarda ifodalash lozim bo’ladi. Undan so’ng bu ko’rsatkichlar boshqarishga zarur bo’lgan yo’nalishda axborotni guruhlash, tashkilot va muassasalar faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda ichki auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro’yxatga olinishi lozim. Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar, dalillarni qayd etishni tushunmoq kerak.
Yüklə 8,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin