Refleksiv boshqaruv. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi turli xil omillar bilan o‘zaro aloqaga kirishadi, bunda xatti-xarakatlarning mazmun-moxiyati va maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgartiruvchi faoliyatning extiyojini aniqlash mumkin bo‘ladi, chunki o‘z-o‘zini chuqur anglab yetish natijasida jamoada o‘rnini aniqlash, o‘zini namoyon qilish (o‘zini ko‘rsata bilish), o‘z-o‘zini (xarakatlarini, fe’l-atvorini) ma’qullash, o‘zining ichki imkoniyatlaridan, qobiliyatidan foydalanish, o‘z-o‘zini idora qilish vujudga keladi.
Vaziyatli yondashuv - boshqarishning samaradorligini aniq vaziyatlarga ko‘ra aniqlashni ko‘zda tutadi. Vujudga kelayotgan vaziyatlarga muvofiqlashtirilgan boshqaruv eng samarali hisoblanadi.
Vaziyatli yondashuvda boshqariluvchi ob’yektning aniq sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning maqbul uslubi qo‘llaniladi va mazkur jarayonda quyidagilar inobatga olinadi: muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni aniqlash maqsadida ta’lim-tarbiya jarayonining vaziyatlarini tahlil qilish; turli pedagogik vaziyatlarda erishilayotgan natijalarning samaradorligini aniqlash; ta’lim-tarbiya jarayonini va pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil etishda mavjud bo‘lgan vaziyatlar asosida pedagogik tizimning rivojlanishini oldindan belgilash.
2-Keys 1-topshiriq Rahbarning o‘z qarorlarini tavsiyalar ko‘rinishida berishi, xodimlarning ishiga kamroq aralashishi boshqaruvning qanday uslubi sanaladi?
Liberal
Demokratik
Avtoritar
Byurokrat
Rahbar o‘z irodasini qo‘l ostidagilarga ma’muriy kuch vositasida o‘tkazishga intilishi qanday uslub?
Avtoritar
Demokratik
Liberal
Byurokratik
Menejment fani asoschilaridan biri Anri Fayol nechanchi asrlarda yashab o’tgan?
XIX-X asrlar
XVIII-XIX asrlar
XVII-XVIII asrlar
XX-XXI asrlar
Rahbar o‘z faoliyatini o‘zining jamoasi a’zolariga tayangan holda, jamoa fikrini inobatga olib amalga oshirishi boshqaruvning qanday uslubi?
Demokratiya
Liberal
Avtoritar
Byurokratik
Boshqaruv algoritmi - bu maktab direktori faoliyatining ketma-ketligi (izchilligi) bo‘lib, berilgan modelda u nechta (qadam) bosqichdan iborat bo’ladi?
7