48. Zn + 2HCl ® ZnCl2 + H2 dastlabki va hosil boʻlgan moddalarning massalarini toping?.
49. Atom tuzilishi. Atom tarkibiy qismi — yadro, protonlar, neytronlar va ularning zaryadlari va massasi. Elektronlar harakatining zarracha va toʻlqinsimon tabiati. Kvant mexanikasi De-Broyl tenglamasi. Shreydenger tenglamasi mohiyati, Geyzerbergning noaniqlik prinsipi. Kvant mexanikasi asosida atom tuzilishini tushuntirish. Elektronlarining energiyalarini kvant sonlari bilan xarakterlash.
50. Elementlar davriy sistemasining yettinchi guruh elementlari. Ularning elektron formulasi, umumiy xarakteristikasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalari.
51.Zn(NO2)2 ning gidroliz reaksiyasini molekulyar, toʻliq va qisqa ionli reaksiyalar koʻrinishida yozing. Eritma muhitini dissotsiyalanish nazariyasi asosida tushuntiring.
52. Dispers sistemalarning umumiy xarakteristikasi va sinflanishi. Geterogen va gomogen dispers sistemalar. Eritmalar va ularning hosil boʻlish jarayonlari. Gazlar, kristallarni suyuqliklarda eruvchanligi va uning modda tabiatiga, haroratga, bosimga bogʻliqligi. Toʻyinmagan, toʻyingan va oʻta toʻyingan eritmalar.
53. Temir va platina oilasi elementlari. Bu elementlarning elektron formulasi, umumiy xarakteristikasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalari.
54. 180 g Fe2O3 uglerod (II) oksid bilan toʻla qaytarilganda 30,15 kJ issiqlik ajralib chiqsa, temir (III) oksidning hosil boʻlish issiqligi (Fe2O3) hisoblansin. Hosil boʻlish issiqliklari: –110,5 kJ/mol –393,5 kJ/mol
55. Eritmalar konsentrasiyalarini ifodalash va hisoblash usullari. Eritmalarni xossalari. Osmos, osmotik bosim va uning tabiatdagi roli. Vant-Goff qonuni. Eritmalar bugʻ bosimi. Eritmalarning muzlash, qaynash haroratlarining oʻzgarishi. Raul qonunlari. Elektrolitlar eritmalar, elektrolitik dissosialanish va unda suvning roli.
56. Elementlar davriy sistemasining birinchi guruh elementlari. Ishqoriy metallar va ularning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, asosiy birikmalarning xossalari, olinishi va xalq xoʻjaligida ishlatilishi.
57. 50 g CaCO3 ning parchalanishidan ajralgan oksidning massasini toping?
58. Dissosialanish darajasi va doimiysi. Osvaldning suyultirish qonuni. Elektrolit eritmalarining xossalari. Amfoter elektrolitlar va ularning dissosiyalanishi. Eruvchanlik koʻpaytmasi.
59. Elementlar davriy sistemasining ikkinchi guruxi elementlari. Berilliy, magniy, ishqoriy yer metallari, elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, asosiy birikmalari va ularning xossalari, ahamiyati. Suvning qattiqligi va uning yoʻqotish usullari.
60. Тоshkoʻmir yongаndа 100 kg uglerоd (IV) оksidi (CO2) hоsil boʻlgаn boʻlsа, nechа kilоgrаmm kislоrоd (O2) sаrflаngаn?
61. Suvning elektrolitik dissosiyalanishi. Suvning ion koʻpaytmasi va vodorod koʻrsatkich pH ning jarayonlardagi ahamiyati. Kationlararo, anionlararo va kation-anionlararo gidroliz jarayonlari. Texnologik jarayonlarda gidrolizning ahamiyati. Kislota va asoslarning zamonaviy nazariyalari.
62. Elementlar davriy sistemasining oʻn uchinchi guruh elementlari. Bor va alyuminiyning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari. Alyuminiy oksidlari, gidroksidlari, karbidlari. Alyuminiy tuzlari, ularning xossalari, eruvchanligi, sanoat suvlarini tozalashda ahamiyati.
Dostları ilə paylaş: |