Mis-ammiak tolasi. Bu tola paxta sellulozasidan olinadi. Paxta momig‘ini mis-ammiak kompleksining suvdagi eritmasida eritilib, yigiruv eritmasi tayyorlanadi. Bu tola h o ‘l usulda olinadi. Olingan tolalar viskoza tolalariga qaraganda ingichkaroq, mayinroq, kam tovlanadigan va h o ‘l holatida mustahkamligini kam y o ‘qotadi. Kimyoviy xossalari va yonishi viskozanikiga o ‘xshaydi. Bu tolalarni ishlab chiqarishda qimmatbaho mis ishtirok etgani tufayli ukftni ishlab chiqarish uchun ko‘proq mablag’i sarflanadi. Shu sababli mis-ammiak tolalari u n ch a k o ‘p ishlatilmaydi. Asosan u jun tolalari bilan aralashtirilib gilamlaming tukini hosil qilishda ishlatiladi.
Atsetat tolasi. Bu tolalarni olishda ham xomashyo sifatida paxta momiqlaridan ajratilgan selluloza ishlatiladi. U muzlatilgan sirka kislota muhitida atsetat angidrid bilan ishlanadi. N atijada, sellulozaning murakkab efiri hosil bo‘ladi. U ni spirt va atseton aralashmasida eritib yigiruv eritmasi tayyorlanadi. Atsetat tolasi quruq usulda shakllantiriladi. Atsetat tolasi 0 ‘zbekistonda Farg‘ona kimyoviy zavodida ishlab chiqariladi. Olingan tolalam ing mustahkamligi viskoza tolasiga nisbatan biroz past b o ‘ladi. Ho‘l holatida mustahkamligini kamroq yo‘qotadi. Uzayishi 22—30 foizgacha yetadi. Viskoza tolasiga qaraganda qayishqoqligi ancha katta. Shuning uchun atsetatdan olingan gazlama va buyumlar kamroq gijimlanadi. Gigroskopikligi 6—8 foiz. Spirt va atsetonda eriydi. 140°C haroratda yumshaydi. Sariq alanga va sirka hidini chiqarib yonadi. Atsetat tolasi ko‘ylakbop gazlamalar, ichki trikotaj buyumlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi. Shisha va metallsimon iplar. Shisha iplarini olish