1. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 24,39 Kb.
səhifə4/6
tarix19.09.2022
ölçüsü24,39 Kb.
#63812
1   2   3   4   5   6
Tarqatma materiallar bo`yicha ma`ruza qismlarini o`zlashtirish

Loyihaviy topshiriqlar. Biror o'quv materialini atroflicha va chuqur o'rganish uchun bu yondashuv katta samara beradi. O'rganish, tahlil qilish, baholash, xulosa chiqarish va yakuniy qarorga kelish uchun uzoq muddatli loyihalangan reja zarur. Bu tadbimi o'tkazish uchun bazaviy va boshlang'ich tayanch ma'lumotlar talab qilinadi. Shu sababli loyihaviy topshiriqlar yuzasidan tarqatma materiallar tayyorlash jarayoni ancha murakkab hisoblanadi. Bunday topshiriqlar o'quv ijodkorligini oshiradi, mustaqillik sari etaklaydi. Loyihalar mavzuning tavsifini beruvchi kirish qismi, mavzuning muxtasar asosnomasi, faktlar va argumentlarga asoslangan ma'lumotlar yig'indisi hamda xulosa yoki yechimdan iborat bo'ladi.
Rolli o'yinlar. Bunday o'yinlar muammoli topshiriqlaming bir ko'rinishidir. Sahnalashtirish va obrazli chiqishlar bunday mashg'ulotlaming asosiy belgisidir. Ishbilarmonlik, bilimdonlik, topqirlik, quvnoqlik, hozirjavoblik, ijodkorlik, ishchanlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlami namoyish qilishga keng imkon beradi. Ushbu jarayonda pedagog tarqatma materriallardan foydalanishda har bir taclim oluvchining salohiyatiga mos vazifa topshirishi juda muhimdir. Bu kabi dars mashg'ulotlarida ko'pincha rasmli tarqatma materiallardan keng foydalaniladi. Shuningdek, sahnalashtirish uchun mos keluvchi matn yoki ertak, dialog kabilar varaqlarga yozilib, qismlarga ajratiladi hamda rolli o'yinlar uchun vosita sifatida qo'llaniladi. Bunda ta'lim oluvchilar dars mashg'ulotlarida katta ishtiyoq bilan qatnashadilar hamda o'zlarining bilim va qobiliyatlarini sinovdan o'tkazish imkoniga ega bo'ladilar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, tarqatma materiallarni maruza darsi, seminar va amaliy mashg'ulotlar jarayonida barcha metodlar bilan birga qo'llab, dars samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud. Ushbu imkoniyatdan qanday foydalanish har bir pedagogning pedagogik mahoratiga bog'liq. Shuni unutmaslik kerakki, tarqatma materiallardan doimiy ravishda, haddan ortiq ko'p yoki doimiy bir xillik ta'lim oluvchilaming zerikishiga, darsga bo'lgan qiziqishini kamaytirishiga olib kelishi mumkin, Shuning uchun tarqatma materiallardan o'z o'rnida va meyorida foydalanish, ta'lim oluvchilarning qiziqishlari va fikrlarini inobatga olish muhim ahamiyatga ega.
Bugungi axborot va bilimlar doirasi tez sur'atlar bilan tobora kengayib borayotgan davrda barcha ma'lumotlarni dars mashg'ulotlari paytida birgina tarqatma materiallar, darsliklar, ko'rgazmali vositalar yoki shu kabilar orqali yetkazib berish qiyin. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng va unumli foydalanib, dars mashg'ulotlarini tizimli va mukammal reja asosida chet el tajribalariga tayangan holda olib borish pedagoglar uchun dolzarb vazifalardan biridir.

Yüklə 24,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin