rasm. Меtallar uchun tizimning erkin energiyasini xaroratga bog’liqligi (1-suyuq va 2-kristall metallar uchun)
Qattiq xolda kristallanish yoki ikkilamchi kristallanish. Ikkilamchi kristallanishda bir kristall donachalari boshqa kristall donachalariga aylanadi, ya'ni qayta kristallanadi. Ikkilamchi kristallanishda kam birligiga kristallanishdan hamma qonuniyatlar bajariladi. Masalan, kristallanish markazining hosil bo`lishi, uning o`sishi, hamda, o`ta sovush miqdori katta bo`lgan markazlarning kritik o`lchami kamayadi va x.k.
Ammo ikkilamchi kristallanishning o`ziga xos xususiyatlari bor. Avvalo, ikkilamchi kristallanish allotropik shakl o`zgarishiga ega bo`lgan metall va qotishmalarda mavjud bo`lishi mumkin. Ikkinchidan, metall sovutilganda (ikkilamchi kristallanish) kristallanish nazariy Te temperaturadan pasda, isitish uchun esa yuqoriroq bo`ladi. Sovutishda esa kristallanishnnng issiqlik chiqarish bilan bo`lsa, isitishda esa issiqlik yutiladi.
Biz yuqorida bir jismning ikki xil kristall panjaraga ega bo`lishiga allotropik shakl o`zgarish yoki polimorfizm deb ataladi. Har qaysi allotropik sodifikatsiya ma'lum solishtirma og`irlikka ega, ya'ni kristall panjara atom zichligi va parametrlar har xil bo`ladi, har bir modifikatsiyadan o`tishda zichlik har xil bo`lganligi uchun ichki kuchlanishlar paydo bo`lali.
Ikkilamchi kristallanishni temirni sovutishda allotropik shakl o`zgarishida xarakterlab berish mumkin. Temir ikki modifikatsiya, ya'ni ikki allotropik shakl o`zgarishiga ega Fe "temperatura -vaqt" diagrammasi allotropik shakl o`zgarishi temperatura gorizontali bilan xarakterlanadi, ya'ni ikkilamchi kristallanish ham izotermik protsessidir.
0°-911°C gacha temperaturada elementar yacheykani markazlashgan kub formasiga ega va uning parametriga esa a=286 A ga teng, koordinatsiya soni esa K8. 9P°-1392°C gacha temir elementar yacheykani yoqlari markazlashishga kub formaga ega va uning parametri a=3,62 A (911°C da), koordinata soni esa K12. 911°C dan to 1539 °C gacha temir yana markazlashgan kub yacheykaga ega.
768 °C dagi temperatura gorizontali, hech qanday allotropik shakl o`zgarishi bilan bog`liq emas, balki metallarga magnitlik xossasi bilan bog`liq. Ana shu nuqtadagi yuqorida temir magnitlik xossasini yo`qotadi, ya'ni paromagnitdir, pastda esa magnitli xossasiga ega. Bunday o`zgarish faqat temirga ta'luqli bo`lishidan balki ko`pchilik metallarga tegishli. Bu kashfiyotni Kyuri ochganligi uchun Kyuri nuqtasi deb ataladi.