Dislokatsiyaning o`zi chiziqli yoki burama bo`lishi mumkin. Chiziqli dislokatsiya deb, siljish vektoriga perpendikulyar bo`lgan dislokatsiyaga aytiladi. Burama dislokatsiyada atomlarning siljish yo`nalishi siljish vektoriga parallel bo`ladi.
Shuni ham, aytish kerakki, dislokatsiya surilish yo`li bilan yoki diffuziya yo`li bilan ko`chishi mumkin.
Dislokatsiya kristallanish boshlanishi bilanoq paydo bo`ladi va metall xossalariga ta'sir qiladi. Agar dislokatsiya bo`lmasa, metall mustahkamligini eksperimental ravishda o`lchasak, uning nazariy miqdorga yaqinligi ko`payadi. Real metallar dislokatsiya ko`payib borgan sari uning mustahkamligi avval kamayib boradi, so`ngra yaxshi o`sadi. Dislokatsiya ko`payishi joyda qo`shimcha elementlar ham yoqiladi, natijada dislokatsiya qo`shishga xalaqit bermaydi. Dislokatsiya zichligi metall mustahkamligini orttiradi.