To’g’ri titrlash- aniqlanayotgan namunani ma’lum hajmdagi eritmasiga ekvivalent nuqtagacha titrant eritmasidan oz- ozdan qo’shish.Bunda aniqlanayotgan komponent miqdori quyidagi formula bilan topiladi.
Teskari titrlash. Bunda ikkta titrant ishtirok etadi. Aniqlanayotgan eritmaga birinchi titrantdan mo’l miqdorda qo’shiladi. Natijada aniqlanadigan modda bilan birinchi titrant ekvivalent miqdorda reaksiyaga kirshadi. Birinchi titrantning ortib qolgan miqdori ikkinchi titran bilan titrlanib aniqlanadi. Qo’shilgan va titrlanib aniqlangan birinchi titrantning hajmlari orsidagi farqqa qarab birinchi titrantning X- moddani aniqlanishi uchun sarf bo’lgan hajmi va unga ko’ra namunadagi aniqlanishi lozim bo’lgan komponenetning miqdori hisoblanadi.