1. Kompleks hosil qilish reaksialarida muvozanat


Titrometrik analiz, analiz usullarining siniflanishi



Yüklə 57,92 Kb.
səhifə11/30
tarix15.02.2022
ölçüsü57,92 Kb.
#52577
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Analitika

5. Titrometrik analiz, analiz usullarining siniflanishi

Aniqlanadigan modda eritmasining va reaksiya uchun sarf bo’lgan reagentning xajmini o’lchashga asoslangan miqdoriy analiz metodi titrimetrik (hajmiy) analiz deb ataladi. Aniqlanadigan A moddaning ma’lum hajmidagi eritmasida konsentratsiyasi aniq bo’lgan reagrnt- B eritmasidan A modda miqdoriga ekvivalent bo’lgungacha oz- ozdan qo’shiladi va bu jarayon titrlash deyiladi. Aniqlanadigan modda miqdoriga reagent miqdori ekvivalent bo’lgan holat ekvivalent nuqta deyiladi. Ekvivalent nuqta indikatorsiz, indikatorlar bilan va maxsus elektrokimyoviy usullar yordamida topiladi. Titrlash paytida indicator rangining o’zgarishi titrlashning ohirgi nuqtasi deyiladi. Titr fransuzcha titre-titul ,sifat va lotincha ,,titilus’’- yozish so’zidan olingan. Analitik kimyoda titr eritmalar konsentrasiuyasini ifopdalash usularidan biridir . Titrimetrik analizda neytrallanish oksidlanish-qaytarilish,komplers birikmalar va cho’kmalar hosil qilish riyaksiyalaridan foydalanadi.

Titrimetrik analizda qo’llaniladigan kimyoviy reaksiyalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

1.Moddalar aniq miqdoriy nisbatlarda (stixiometrik nisbatlarga) kimyoviy reaksiyalarga kirishishi. 2.Aniqlanayotgan modda va titran asosidagi reaksiya tez va amalda oxirigacha borishi. 3.Hamma eritmadagi begona moddalar-qo’shimchalar aniqlanayotgan moddaning titrlanishiga halaqit bermaslagi. 4.Ekvivalent nuqtani topish qat’iy aniq va oson bo’lishi. 5.Reaksiya imkon boricha xona haroratida borishi. 6.Titrlashda analiz natijalariga ta’sir qiluvchi qo’shimchala bo’lmasligi lozim.

Konsentrasiyasi aniq bo’lgan eritmalar titrlangan yoki standart eritmalar deyiladi. Titlash uchun ishlatiladigan eritmalar esa titrantlar deyiladi.

Titrlashda titrantlar sifatida – asoslar, kislotalar, oksidlovchilar, qaytaruvchilar, kompleks hosil qiluvchilar, cho’ktiruvchilar, tuzlar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, angidridlar, metal organik birikmalar, bo’yoqlar, kompleksonlar, vodorod, ftor, brom, yod, xlor, suv va boshqalar ishlatiladi.

Titrlashni bajarilishiga qarab quyidagi usullarga bo’linadi. 1.To’g’ri titrlash. 2.Teskari titrlash 3.O’rinbosarni titrlash 4. Reversiv titrlash.




Yüklə 57,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin