9. Iyuminessent analiz usullari.
Elektron o'tishlar natijasida atomlar, molekulalar, ionlar, komplekslar va boshqa zarrachalarning qo'zg'algan holatdan asosiy holatga qaytganda vujudga keladijan nurlanish (nur chiqarilishi) lyuminessensiya deyiladi
Lyuminessensiyani hosil qilish-qo’zg’atish uchun tashqaridan energiya berish lozim. Shuning uchun lyuminessensiyaning qo'zg'atish usuliga (manba-iga) ko'ra bir qancha turlarga bo'linadi
Analitik kimyoda fotolyuminessensiya va xemilyuminessensiya keng qo’lla- niladi. Lyuminessensiyani kundalik xayotimizda ham ko’p ko'zatamiz. Ba'zi mikro- organizmlar, hashoratlar, qo’ng'izlar, chuvalchanglar, chuqur suvlarda yashovchi baliqlarning ba'zi turlari lyuminessensiyalanish hususiyatiga ega. Bir qancha chan- qovbosti ichimliklar(xinin qo’shilgani uchun, polisiklik aromatik uglevodorodlar naf- talin, antrosen va boshqalar) benzin ba'zi dorilar va narkotiklar, quyosh nurida lyumi- nessensiyalanadi. Ko’pgina mineralar va rudalar (masalan: uran rudalari) ham lyuminessensiyalanadi. Har kuni televizorlar ekranlarining lyuminessensiyalanishini kuzatamiz
Dostları ilə paylaş: |