1. Kompleks hosil qilish reaksialarida muvozanat



Yüklə 57,92 Kb.
səhifə21/30
tarix15.02.2022
ölçüsü57,92 Kb.
#52577
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Analitika

Vavilovning qonuni quydagicha ta'riflanadi; Agar qo’zg'atadigan to’lqin o'rtacha bo'lib o'ziga nisbatan uzinroq to’lqinga o'zgarsa fotolyuminessensiya doimiy kvant chiqishini saqlaydi. Aksincha uzun to’lqindan qisqasiga o'tsa (o'zgarsa) lyuminessensiyaning chiqishi keskin kamayadi.

Yutilgan kvantlar nurlanmagan jarayonlarda energiyasining bir qismini yo'qatadi, chiqariladigan kvantlar yutilganga nisbatan kam energiyaga va uzun to'lqinga ega bo'ladi. Stokes -Lommel qonuni quyidagicha ta’riflanadi: Lyuminessensiya spektri va uning maksimumi yutilish spektiriga va uning maksimumiga nisbatan doimo to'lqin uzunliklar tomonga siljigan bo'ladi. Lyuminessensiya va yutilish spektrlari maksimumlari to'lqin uzunliklari o'rtasidagi farq Stoks siljishi deyiladi

Lyuminesensiya kvant chiqishining pasayishi lyuminesensiyaning o'chishi deyiladi.

Bunga turli omillar sabab bo'lishi mumkin. Odatda harorat ko’tarilishi nurlanishning pasayishiga sababchi bo’ladi, bu haroratli o’chish deyiladi. Ko'p moddalarning,shu jumladan lyuminessensiyalanuvchi moddalarning o'zaro ta'siridan ham nurlanish pasayadi, bu o'zi o'chish yoki konsentrasion ochish deyiladi. Konsentrasion o’chishning sababi sistemadagi kimyoviy o'zgarishlar ham bo'lishi mumkin.

Lyuminessensent analiz kimyoviy moddalarnig turli xildagi energiyalar ta'sirida lyuminessensiyalanish xususiyatiga asoslangan. Analitik kimyoda ko'pincha aniqlanadigan moddani ultrabinafsha yoki ko'rinish sohasidagi nurlar ta'sirida lyuminessensentlab (fotolyuminessensiya) aniqlanadi. Lyuminessensiya noorganik va organik birikmalarni ochishda (sifat analizida ) va miqdorini aniqlashda qo'llaniladi.

Fluoressensiyani o'lchash uchun fluorimetrlar va fosforensiyani o'lchash uchun esa-fosforimetrlar ishlatiladi.


Yüklə 57,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin