10. Электрокимёвий анализ методлари
Elektrokimyoviy analiz usullari — moddalarni elektr toki yordamida tekshirishga asoslangan kimyoviy analiz usullari majmui. Amalda elektrokimyoviy analizning elektroliz (elektrogravimetrik analiz, ichki elektroliz, metallarni kontakt almashtirish — sementatsiya, polyarografik analiz) va titrimetrik (ampermetrik, konduktometrik, potensiometrik titrlash) usullaridan foydalaniladi.
Elektrogravimetrik analiz elektroliz natijasida hosil boʻlgan elementning massasini aniqlashga asoslangan. U, asosan, rangli, ogʻir va baʼzan qora metallarni miqdoriy aniqlashda yoki ularni bir-biridan ajratishda qoʻllanadi. Ichki elektroliz usuli turli materiallar tarkibidagi metallar miqdorini aniqlashda qoʻllanadi. Metallarni kontakt almashtirish (sementatsiya) usulidan modda tarkibida juda oz miqdorda uchraydigan metallarni ajratib olishda va ularning konsentratsiyalarini oshirishda foydalaniladi. Polyarografik usulda analiz qilinishi zarur boʻlgan modda eritmasi simob tomchilardan iborat katod yordamida elektroliz qilinadi. Bunda modda sifat va miqdoriy jihatdan analiz qilinadi .
Titrimetrik usullarda neytrallanish, choʻktirish, kompleks hosil boʻlish, oksidlanishqaytarilish reaksiyalarining tugashi indikatorlar ishtirokida titrlash yoʻli bilan aniqlanadi. Ampermetrik usulda titrlashning tugashi mikroelektrod maʼlum potensialga ega boʻlganida tok kuchining keskin oʻzgarishi boʻyicha konduktometrik usulda esa eritmaning elektr oʻtkazuvchanligi oʻzgarishiga qarab aniqlanadi. Potensiometrik titrlash usulida eritmadagi moddaning konsentratsiyasini aniqlash mumkin.
Konduktometrik analiz usullarining bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) va bilvosita (to’g’ridan-to’g’ri bo’lmagan) turlari mavjud, lekin har ikkalasining negizida muayyan modda eritmasining elektr o’tkazuvchanligini aniqlash yotadi. Amalda, ta’kidlash kerakki, bilvosita usul – konduktometrik titrlash kengroq ishlatiladi. Konduktometrik titrlash hajm analizi usullaridan hisoblanib, unda eritmaning neytrallanish nuqtasi, odatdagidek indikatorlar bilan emas, balki o’rganilayotgan eritma elektr o’tkazuvchanligini bosqichma-boqich o’lchab topiladi. Bundan tashqari, rangli yoki tiniq bo’lmagan (loyqalangan) eritmalarning ekvivalent neytrallanish nuqtasini amalda ishlatiladigan indikator birikmalar vositasida titrlab aniqlashning o’zi o’ta mushkul. Konduktometrik usul bilan eritma titrlanganda uning qandaydir sabab loyqalanganligi yoki rangli bo’lishi elektr o’tkazuvchanligiga unchalik ta’sir eta olmaydi.
Dostları ilə paylaş: |