1. Kompleks hosil qilish reaksialarida muvozanat


Alangali fotometriyada ikki xil turdagi asboblar ishlatiladi: 1



Yüklə 57,92 Kb.
səhifə18/30
tarix15.02.2022
ölçüsü57,92 Kb.
#52577
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Analitika

Alangali fotometriyada ikki xil turdagi asboblar ishlatiladi: 1. Alangali fotometrlar; 2. Alangali spektrofotometrlar.

Emission spektral analiz usullari gazsimon holatdagi moddalarning atomlari yoki ionlari tarqatadigan nurning to’lqin uzunligi, intensivligi va boshqa xossalarini o’lchashga asoslangan. Modda nur tarqatishi uchun unga qo’shimcha energiya berish talab qilinadi. Bunda tekshiriluvchi moddaning atomlari va molekulalari qug’atilgan holatga o’tadi. Ular dastlabki holatiga o’tganda ortiqcha energiyani nur tarzida chiqaradi. Qattiq jismlar yoki suyuqliklar tomonidan tarqatiluvchi nurning xususiyati odatda moddalarning kimyoviy tarkibiga deyarli bog’liq bo’lmaydi va shuning uchun analizda unga asoslanib xulosa chiqarib bo’lmaydi. Gazlarning nur tarqatishi esa butunlay boshqacha yo’sinda va tekshiriluvchi namunaning tarkibiga bog’liq bo’ladi. Shu sababli emission analizda moddani qo’zg’atishdan oldin uni bug’ holatiga o’tkazish kerak. Namunani yorug’lik manbaiga kiritib bug’latiladi va qo’zg’atiladi. Yorug’lik manbalari sifatida yuqori temperaturali alanga yoki turlicha xil elektr zaryadlardan: elektr yoy, uchqun va b. foydalaniladi.

Emission spektral analiz atom va molekulalarning nurlanish spektrlari boyicha moddaning kimyoviy tarkibini sifat va miqdoriy jihatdan aniqlash usulidir.

Atomlarning nurlanish spektrlari maxsus optik asboblarda, tekshiriluvchi namunalarni gaz alangasi, elektr yoyi va yuqori voltli uchqunda yuqori temperaturalarda yondirib kuzatiladi.




Yüklə 57,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin