1. Kompleks hosil qilish reaksialarida muvozanat


Потенциометрик анализ методлари



Yüklə 57,92 Kb.
səhifə26/30
tarix15.02.2022
ölçüsü57,92 Kb.
#52577
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Analitika

12. Потенциометрик анализ методлари

Эритмага ботирилган электрод потенциали эритмадаги эриганг модда миkдорига kараб ўзгаради. Демак электрод потенциалининг ўзгаришини ўлчаш йўли билан модданинг миkдор анализини ўтказиш мумкин.

Потенциометрик анализ методи аниkланиши керак бўлган модда эритмасига ботирилган иккита электроднинг потенциаллар айримасини ўлчашга асосланган.

Нернст тенгламаси бўйича аниkланадиган индикатор электроднинг потенциали эритма концентрациясига пропорционалдир.



Potensiometrik analiz usullari bevosita va bilvosita usullarga boiinadi. Bevosita usullarda. moddalarning konsentratsiyalari va aktivliklari (pH, pM, рА), dissotsiatsiya konstantalari (рКа, pKb), muvozanat va barqarorlik konstantalari, eruvchanlik ko‘paytmalari va boshqa fizik-kimyoviy kattaliklar aniqlanadi. Bilvosita usullar yordamida titrlash (protolitom etriya, oksredmetriya, kompleksimetriya va shu kabilar) davomida titrlashning oxirgi nuqtasi topiladi. Potensiometriyada potensialni o‘lchash uchun indikator (vodorod selektiv shisha, natriy yoki boshqa ionga selektiv shisha yoki membrana, metall, metall oksid va boshqa) va taqqoslash (normal vodorod, kumush xloridli, talliy xloridli, to‘yingan kalomel va boshqa) elektrodlar ishlatiladi. Potensiometriyaning ayrim ionlarni aniqlashga mo‘ljallangan indikator elektrodlari ishlatiladigan sohasiga ionometriya deyiladi. Taqqoslash elektrodlari o‘lchash davomida doimiy haroratda o‘z potensialini o‘zgartirmaydi. Potensiometrik titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun hisoblash, chizma (integral, differensial, ikkinchi darajali hosila, egri chiziqlarni to‘g‘rilash — Gran) va muayyan potensial (pH) gacha titrlash usullari mavjud.

Potensiometriya usuli o`tgan asrdan ma`lum bo`lsa-da, u Zyorensen pH haqidagi tushunchani fanga kiritgandan (1909-y.) so`ng tez rivojlanib ketdi. Potensiometrik analiz bevosita va bilvosita usullarga bo`linadi. Bevosita potensiometriya usulida potensialni belgilovchi moddaning aktivligi elektrod potensialini aniqlash asosida topiladi. Bu usul ionlarning aktivligini to`g`ridan-to`g`ri aniqlashga imkon beradigan yagona usul hisoblanadi. U quyidagi turlarga bo`linadi: pH-metriya — eritmalarning pH qiymati, kislota va asoslarning (protolitlarning) kislota-asosli konstantalari, protolitik xususiyatga ega bo`lgan kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari va shu kabilarni aniqlashga imkon beradi. Ionometriya —pH-metriyaning rivojlanishi natijasida mustaqil usul sifatida shakllangan zamonaviy usullardan biri. Bu usulda indikator elektrodi vazifasini turli xil ion selektiv elektrodlar bajaradi

Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlar indikator va taqqoslash elektrodlariga, ular esa birinchi, ikkinchi va uchinchi tur elektrodlarga boiinadi.



Indikator elektrodlar tekshiriladigan eritmaning elektrod potensialini o`lchash uchun xizmat qiladi. Elektrod — eritma sirti chegarasida sodir bo`ladigan elektr kimyoviy jarayonning mexanizmiga ko`ra indikator elektrodlari quyidagilarga bo`linadi: 1) oksidlanish-qaytarilish (oksred) elektrodlar; bunday elektrodlarda elektronlar almashinishi kuzatiladi; 2) birinchi, ikkinchi va uchinchi tur metall va metallmas elektrodlar; bunday elektrodlarda elektron-ion almashinish kuzatiladi; 3) ion selektiv membranali elektrodlar; bunday elektrodlarda ion almashinishi sodir bo`ladi. Elektrodlar agregat holatlariga ko`ra qattiq (platina, kumush, grafit va boshqa), suyuq (simob) va gaz (vodorod, xlor) elektrodlarga bo`linadi. Bulardan tashqari elektrodlar aktiv (kumush, mis va boshqa) va befarq (inert: platina, grafit va boshqa) elektrodlarga bo`linadi. Qo`llaniladigan reaksiyalarning turlariga ko`ra u yoki bu turdagi elektrodlar ishlatiladi.


Yüklə 57,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin