Label belgisi. Belgi tushuntirishlar, nomlar,
mavzular va boshqa har xil
turdagi matnli ma‟lumotlarni ekranga joylashtirish uchun ishlatiladi. Belgi uchun
Caption asosiy xossalardan biri bo„lib, unda ekranga chiqariladigan matn
joylashadi.
Matnni ekranga joylash uchun C++ Builderning
Standart palitrasidan
(uskunalar panelidan) “
A” piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va
sichqoncha tugmachasini bosgan holda matn joylashtirilishi lozim bo„lgan joy
ajratiladi. Natijada
Label1 matn
maydoni hosil qilinadi va Caption xossasiga
kirilib kerakli matn teriladi.
Matnga ishlov berish uchun (masalan, kattalashtirish yoki kichiklaytirish;
kursiv yoki qalin qilish va boshqa) ya‟ni unga o„zgartirish kiritish uchun kerakli
xossa tanlanib ular o„zgartiriladi. Maslan, kiritilgan
matnni kattalashtirish yoki
kichirtish uchun oldin matn maydoni ajratilib, keyin
Font xossasiga kiriladi va
muloqot darchasidan shrift, uning o„lchami va rangi tanlanib Ok tugmasi bosiladi.
Ma’ruzachi: Inatov A.I. 11.09.2021 yil
Ma’ruzachi: Inatov A.I. 11.09.2021 yil
Label komponentasi nafaqat ma‟lumotlarni ekranga
joylash-tirish uchun
xizmat qiladi, balki dastur natijalarini chiqarishda ham ishlatish mumkin.
Buning uchun dasturda
Label5->Caption = “Dastur natijasi”; buyrug„i
berilishi kerak. Misol,
Label5->Caption = “Echim=” + s; bu erda
s:String
o„zgaruvchisi.
Edit kiritish qatori. Edit kiritish qatori matnni bir qatordan kiritish va uni
tahrirlash uchun ishlatiladi.
Matn kiritish qatorini ekranga joylash uchun C++ Bulderning
Standart
palitrasi (uskunalar paneli) dan “
ab” piktogrammasi
belgilanib forma ustiga
kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda matn kiritilishi lozim
bo„lgan joy ajratiladi. Natijada
Edit1 matn kiritish maydoni hosil qilinadi.
Matnni kiritish dastur ishchi holatiga o„tilganda bajariladi.
Matn qatoriga kiritilgan ma‟lumot
faqat matn, ya‟ni String (qator) bo„lib
hisoblanadi. Edit kiritish qatorida kiritilgan ma‟lumotni dasturda o„qib va uni
raqamga o„tkazish uchun ko„p hollarda Val funksiyasidan foydalaniladi. Bu
funksiya C++da quyilagicha yoziladi.
Val(Edit1->Text,a,cod) - bu erda
Float
a; - o„zgaruchisi bo„lib, Edit1->Text maydonidagi ma‟lumotni raqam qilib
o„zlashtiradi.
Int cod; deb e‟lon qilinadi.