Ma`ruza №5. Ko‘prik inshootining kengligini belgilash.
Reja:
1. Ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar osti gabaritlari.
2. Ko‘prik qatnov qismining gabaritlari va trotuarlar o‘lchamlari.
3. Qatnov qismining sathi.
a) Ko‘prik osti gabartlari. Kema qatnovi
gabaritlari kema qatnovi
oraliqlari o‘lchamlarini va ko‘prik konstruksiyasi ostining kema qatnovi
gorizontidan qanchalik balandligini belgilab beradi.
Kema qatnovi gabaritlarining o‘lchamlari suv yo‘lining sinfiga
bog‘liq ravishda belgilanadi. Suv yo‘lining sinfi esa unda
harakatlanadigan kemalar va boshqa suv transporti vositalarining jadalligi
bilan o‘lchanadi.
Suv yo‘llarining sinflarga va tegishli gabaritlarga bo‘lingani 2-
jadvalda keltirilgan.
Qoida sifatida kemalar qatnovi oraliqlarining soni 2 ta bo‘lishi kerak
– biri kattaroq bo‘lib, u suv oqimi bo‘yicha
qatnov uchun, ikkinchi
kichikrog‘i suv oqimiga qarshi qatnov uchun mo‘ljallanadi. Agar
daryoning kengligi ikki oraliqni joylashtirishga imkon bermasa, unda
gabariti suv oqimi bo‘yicha qatnov uchun olingan bir oraliq olinishi ham
mumkin bo‘ladi.
Agar daryoning o‘zani oson yuviladigan
gruntlardan tashkil topgan
bo‘lsa, unda kemalar qatnovi o‘lchamlariga ega bir nechta oraliqni ko‘zda
tutish kerak bo‘ladi, chunki zarurat tug‘ilganda (suvning eng katta
chuqurliklari joylari o‘zgarganda) kemalar ushbu oraliqlar orqali
harakatlanadi.
1.2- jadval
Suv yo‘li-
ning sinfi
Kemalar
yo‘lining
chuqurligi
(kafolatlan
adigan), m
Yog‘ochlar oqizilishi
bo‘lganda
gabarit B
kengligi, m
Gabaritning
balandligi, m
Harakat suv
oqimi
bo‘yicha
bo‘lgan
oraliqlar
uchun
Harakat suv
oqimiga
qarshi
bo‘lgan
oraliqlar
uchun
Oraliqni
ng o‘rta
qismida
Tayanc
hlar
yonida
I
2,0
metrdan
ortiq
140 dan
kam emas
120 dan
kam emas
13,5 dan
kam
emas
5,0 dan
kam
emas
II
1,6 - 2,6
140
100
12,5
(10,0)
4,0
III
1,1 - 2,0
120
80
10,0
3,5
IV
0,8 – 1,4
80
60
10 (7,0)
2,5
V
0,6 – 1,1
60
40
7,0
2,0
VI
0,45 – 0,80 40
30 (20)
3,5
1,5
VII
0,6 dan
kichik
20 (10)
10 (9)
3,5 (1,5) 1,0
Eslatmalar: 1. Agar suvning navigatsiya sathlarining o‘zgarish farqi 4
metrdan ortmasa I, II va III sinfga oid suv yo‘llari uchun gabaritning
ko‘tarilgan
qismining uzunligi
B
b
3
2
ga teng bo‘ladi. Suvning
navigatsiya sathlarining o‘zgarish farqi 4 metrdan ortsa, shuningdek IV,
V, VI va VII sinfga oid suv yo‘llari uchun
B
b
3
1
ga teng bo‘ladi.
1. Qavs ichida ko‘rsatilgan qiymatlar tegishli tashkilotlar bilan
kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
2. Agar daryoda yog‘och oqizilmasa yoki uning o‘lchamlari
chegaralangan bo‘lsa, kema qatnovi uchun mo‘ljallangan oraliqlarning
kattaligi oqimga qarshi oraliq uchun kabi qabul qilinadi.
Temir yo‘llar ustidan o‘tgan yo‘lo‘tkazgichlar
ostidagi qatnov
gabaritining kengligi, birinchi navbatda, temir yo‘llar
soni va ularning
o‘qlari orasidagi masofalarga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu masofalar, odatda,
4,1 metrdan kam bo‘lmagan qiymatda qabul qilinadi. Bunda
tayanchlarning ichki qirralaridan eng yaqin joylashgan temir yo‘lining
o‘qlarigacha bo‘lgan gorizontal masofa 3,1 metrdan kam bo‘lmasligi
kerak.
Avtomobil va shahar yo‘llari ustidan o‘tgan yo‘lo‘tkazgichlar va
piyodalar ko‘priklarida gabaritning ochiq kengligini (gabarit v svetu),
odatda, kesib o‘tilayotgan yo‘lning er ko‘tarmasi kengligiga yoki shahar
ko‘chasi kengligiga teng qilib olinadi.
Mahalliy dala yo‘llari uchun ko‘prik osti
gabaritining kengligi va
balandligi, tegishlicha, 6,0 metr va 4,5 metr bo‘lishi kerak, chorva
o‘tadigan oraliqlar uchun esa 4,0 metr va 2,5 metr qabul qilinadi.