G = 9 + S + 9; G = 21; G= 10,5; G = 8; G = 6;
G = 8 + S + 8; G = 14; G = 9; G = 7; G = 4,5 ,
bu yerda S – bo‘luvchi polosaning kengligi.
Avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklar gabaritlari yo‘lning kategoriyasi va
ko‘priklar guruhini inobatga olgan holda qabul qilinishi kerak (3-jadval).
Gabaritlarning shakli va ularning barcha o‘lchamlari 5-rasmda
keltirilgan.
1.3-jadval
Ko‘priklar
guruhi
Yo‘llarning kategoriyalari
I
II
III
IV
V
Ko‘priklar gabaritlari
Birinchi
G-
9+S+9
G-
10,5
G-9
G-8
G-7
Ikkinchi
G-
9+S+9
G-9
G-8
G-7
G-7
Uchinchi
G-
8+S+8
G-8
G-8
-
-
Eslatmalar: 1. Ko‘priklarning birinchi guruhiga yo‘lning bo‘ylama
qiyaligi 30 %
0
va undan ortiq bo‘lgan uchastkalarida
joylashgan yoki
bo‘ylama profil past joylarining qiyaligi yaqinlashuv yerida 40 %
0
li va
undan ortiq algebraik farqi bo‘lgan barcha kichik ko‘priklar (uzunligi 25
metrgacha) va o‘rta ko‘priklar (uzunligi 25 – 100 metr) kiradi. Uchinchi
guruhga katta suv to‘siqlaridan va chuqur tog‘ daralaridan o‘tgan,
konstruksiyalari juda murakkab bo‘lgan ko‘priklar kiradi. Boshqa barcha
ko‘priklar ikkinchi guruhga kiradi. Ko‘priklarning
uchinchi guruhga
mansubligi maxsus texnik-iqtisodiy asoslash orqali faqatgina favqulodda
hollarda belgilanadi.
2. I kategoriyali yo‘llardagi birinchi guruh ko‘priklarining bo‘luvchi
polosasi S ning kengligi ushbu ko‘priklarning yaqinlashuvidagi
kengliklari kabi bo‘lishi kerak va uning konstruksiyasi
ularning ustiga
avtomobillarning tasodifan chiqib ketishiga imkon berishi kerak.
3. Avtomobil yo‘llarining umumiy tarmog‘idagi ko‘priklarda, agar
bo‘luvchi polosani qilish katta sarf-xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, unda S
ning kattaligini 1,2 metrdan kam bo‘lmagan qiymatgacha kamaytirishga
ruxsat beriladi.
Avtoyo‘l ko‘priklari trotuarlarining kengligi T 0,75 metrga karralik
qilib belgilanadi. Qatnov qismiga tutashgan
bir polosali trotuarlarning
kengligi 1,0 metrga teng qabul qilinadi (0,75 metr + 0,25 metr himoya
polosasi).
Dostları ilə paylaş: