Aqliy rivojlanishi buzilgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash, ijtimoiy moslashtirish va o’rganish muammolari korrektsion (maxsus) pedagogikaning muhim sohasi - oligofrenopedagogika tomonidan o’rganiladi. “Oligofreniya” (yunoncha olygos – kam va phren - aql) termini XIX asrda mashhur nemis psixiatri Emil Krepelin tomonidan qo’llanilgan.
Oligofreniya – bu natal (tug’ilish payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik.
Oligofreniyaning sabablari bosh miyani buzilishiga olib keluvchi ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar bo’lishi mumkin. Ekzogen omillar sirasiga onaning homiladorlik davrida turli infektsion kasalliklar bilan kasallanishi (virusli kasalliklar, qizilcha, qizamiq, kor, Botkin kasalligi va boshqalar), chaqaloqning ona organizmidagi turli parazitlar bilan zararlanishi (toksoplazmos) hamda turli tug’ma shikastlar (asfiksiya) kiradi. Onaning yurak-qon tomir tizimi, buyrak, jigar kasalliklari bilan og’rishi, homiladorlik davrida ruxsat etilmagan dori-darmonlarni qabul qilishi, homiladorlik davrida turli jismoniy va psixik jarohatlarni olishi, ayollarning zararli ishlab chiqarishda ishlashlari, atrof-muhitning yomon sharoitlari, chekish, alkogolizm, ota-onalari giyohvand moddalarni is’temol qilishlari ham chaqaloq bosh miyasining zararlanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Aqli zaif shaxslar rivojlanish va nuqson darajasiga ko’ra turlicha bo’ladi. Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Ona qorinidaligi miyasi shikastlangan bolalar.
Tug’ilishi paytida yoki tug’ilgandan keyin uch yil davomida miyasi shikastlangan bolalar.
Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) 1994 yilda aqli zaiflikning quyidagi to’rt darajasini e’tirof etgan: sezilmas (kam), o’rtacha, og’ir va chuqur darajalar.
Kam darajadagi aqli zaiflik o’quvchilar maktabni bitirish davrida o’zlarining psixometrik va klinik namoyon bo’lishi bilan normal rivojlanayotgan odamlardan kam farq qiladilar hamda muvaffaqiyat bilan ishga joylashadilar.
Aqli zaiflik tuzatib bo’lmaydigan hodisa sifatida e’tirof etilsa ham, uni korrektsiya qilib bo’lmaydi degan ma’noni anglatmaydi. Aksariyat tadqqiqotlarda maxsus (korrektsion) ta’lim muassasalarida metodik jihatdan to’g’ri yo’l tutilishi aqli zaif bolalarning rivojlanishida ijobiy natijaga erishish mumkinligini ko’rsatmoqda.
Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishlar. Aqli zaif bola bilan korrektsion ishlarni erta boshlash nuqsonni maksimal darajada tuzatish va ikkilamchi chetlanishlarning olidini olishga imkon beradi. Aqliy qoloqlikni psixologik-pedagogik diagnostika qilishni o’z vaqtida o’tkazish juda muhimdir.
Aqli zaif bolalar oila yoki sog’liqni saqlash tizimiga qarashli maxsus yaslilarida tarbiyalanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishlar aqli zaif bolalar uchun maxsus bolalar bog’chalarida amalga oshiriladi. Aqli zaif bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar ommaviy bolalar bog’chalaridagi maxsus guruhlarga qabul qilinishlari mumkin. Ularda o’qitish maxsus bolalar bog’chasidagi kabi maxsus dastur bo’yicha olib boriladi.
Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar maxsus (korrektsion) maktablarda o’qitiladilar, bu yerda o’qitish davlat ta’lim standarti asosida maxsus dastur bo’yicha olib boriladi. Bunday maktablarda umumiy o’rta ta’lim fanlari (ona tili, o’qish, matematika, geografiya, tarix, tabiat, fizkultura, rasm, musiqa, chizmachilik) bilan birga maxsus korrektsion fanlarni ham o’qitiladi. Maxsus maktablarda mehnat ta’limi muhim o’rin egallaydi. Mehnat ta’limi IV sinfdayoq professional xususiyatga ega bo’lib, bolalar o’zlari bajara oladigan kasbni o’zlashtiradilar. Tarbiyaviy ishlar ham katta ahamiyatga ega bo’lib, asosiy maqsad tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish, bolalarda ijobiy sifatlarini tarbiyalash, atrofdagilar va o’zlariga to’g’ri baho berishga o’rgatiladilar. Ayni vaqtda respublikada aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablarning 90 % ini maktab-internatlari tashkil etadi.
Goho aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolaning ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktabiga jaob etilish holati ko’zga tashlanadi. Bunday holatda bolaning taqdiri, uni o’qitish va tarbiyalash mas’uliyatini ota-onalar o’qituvchi-defektologlar bilan kelishib olishlari zarur. Normal rivojlanuvchi bolalar bilan bir sinfda o’qiydigan aqli zaif bola alohida munosabatni talab etadi. Bola kuchi yetganicha, darsning borishiga halaqit qilmay sinf faolitida ishtirok etishi kerak. Unga biror narsaning tushunarsiz bo’lishiga yo’l qo’yish mumkin emas. Bu holat keyin o’quv materialining mutlaqo tushunmasligiga olib keladi. Aqli zaif bolani ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qitish ota-onalarining bevosita ishtiroklarini talab etadi,