1. Korxona tushunchasi, turlari va vazifalari Korxonani tashkil etish



Yüklə 272 Kb.
səhifə1/4
tarix23.05.2023
ölçüsü272 Kb.
#120715
  1   2   3   4
Lecture 2


1. Korxona tushunchasi, turlari va vazifalari
2. Korxonani tashkil etish
3. Korxona tushunchasi va ishlab chiqarish strukturasi
4. Korxonaning ishlab chiqarish strukturasini tuzishni tashkiliy turlari.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish.
1. Korxona tushunchasi, turlari va vazifalari
Huquqiy shaxs mavqeiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshiradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.
Korxona o‘z faoliyati maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga o‘z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta’minlash yo‘li bilan erishadi. Har bir korxonada o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun moddiy, mehnat, moliyaviy, energetik va boshqa zaruriy resurslar mavjud bo‘lib, korxona ularga egalik qilish, umumxalq mulkining unga tegishli bo‘lgan qismidan foydalanish va boshqarish huquqiga ega.
Korxonalar o‘z maqsadlariga erishish uchun ma’lum vazifalarni bajaradilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu vazifalar:
  • iste’molchilarning o‘sib kelayotgan talablariga muvofiq yuqori sifatli mahsulotlar yetkazib berish;
  • mehnat unumdorligini uzluksiz ravishda oshirib borish;
  • mahsulot ishlab chiqarish va sotish;
  • rejada belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va yuqori darajada bajarish;
  • asosiy ishlab chiqarish fondlaridan unumli foydalanish;
  • aylanma mablag‘lardan foydalanishni yaxshilash;
  • xom ashyo, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish;
  • muntazam ravishda mahsulot tannarxini pasaytirib, korxona rentabelligini oshirishdan iborat;

1. Jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan:
  • Jamoa, shirkat mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari;
  • Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga qarashli korxonalar;
  • Jamoa tashkilotlarining korxonalari;
  • Diniy tashkilotlarning korxonalari va jamoa mulkchiligining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar.

  • 2. Davlat mulkiga asoslangan respublika davlat korxonasi: viloyatlararo, viloyat, tumanlararo, tuman, shaharlararo, shahar, davlat korxonasi va davlat korxonalarining boshqa turlari;
    3. Mulkchilikning aralash shakliga asoslangan davlatlararo, qo‘shma va turli mulk shakllarining to‘liq yoki ulushli ishtirok etishiga asoslangan boshqa korxonalar.


Yüklə 272 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin