1. Korxona tushunchasi, turlari va vazifalari Korxonani tashkil etish



Yüklə 272 Kb.
səhifə3/4
tarix23.05.2023
ölçüsü272 Kb.
#120715
1   2   3   4
Lecture 2

Tayyorlov bosqichida shu korxonaning o‘zida ishlov berish davom ettiriladigan yarim tayyor mahsulot (zagatovka)lar tayyorlanadi.
Ishlov berish bosqichida yarim tayyor mahsulotlar yoki materiallarga ishlov berish natijasida tayyor mahsulot olinadi.
Yig‘ish bosqichi - bu bosqichda buyum qismlari yig‘iladi va tayyor mahsulotga aylanadi.
Yordamchi jarayonlar deganda (masalan, mashinasozlikda) dastgohlar, bino, inshootlarni ta’mirlash; texnik asbob-uskunalarni tayyorlash va ta’mirlash; barcha turdagi energiyalar (elektr, issiqlik, siqilgan havo)ni ishlab chiqish va uzatish tushuniladi. Ba’zi yordamchi jarayonlar uch bosqichdan: tayyorlov, ishlov berish va yig‘ish (masalan, texnik uskunalarni tayyorlash) jarayonlaridan tashkil topishi mumkin.
Xizmat ko‘rsatuvchi - jarayonlarga asosiy va yordamchi jarayonlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan (masalan, ombor ishlari, nazorat ishlari) jarayonlar kiradi.
3. Korxonaning ishlab chiqarish strukturasini tuzishni tashkiliy turlari
Korxonalarda ishlab chiqarishni bo‘limlarga (sex, uchastka, xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar) ajratish, ularni joylashtirish va o‘zaro aloqa prinsiplari o‘rtasidagi mehnat taqsimotini aniqlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonani ishga tushirishga tayyorlash korxonaning ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirish: birinchidan, tez moslashuvchan, ya’ni korxona maqsadlariga mos holda amalga oshiriladigan o‘zgarishlarga doimiy ravishda moslashuvchan (masalan, korxonada katta o‘zgarishlar sodir qilmagan holda uning faoliyatini kengaytirish imkoniyatini yaratish); ikkinchidan, tashqi muhitda sodir bo‘lgan kutilmagan o‘zgarishlarga tezda moslashish, (masalan, bozor kon’yunkturasini o‘zgarishi); uchinchidan, korxona oldida turgan vazifalarni o‘zgarishiga qarab ishlab chiqarish bo‘limlarini o‘zini-o‘zi samarali boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishni albatta o‘z ichiga olishi kerak.
Har bir yirik korxona katta bo‘limlar (sex, xizmat ko‘rsatish xo‘jaligi)ga va kichik hajmdagi (uchastka, bo‘lim, ishchi o‘rinlari)ga ajratiladi.
Korxonaning katta bo‘limlari - sexlar: asosiy, yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqalarga ajratiladi.
Sex - mahsulot va uning qismlari yoki texnologik jarayonning ayrim bosqichlari bajariladigan korxona bo‘limlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan chambarchas bog‘langan bo‘limidir.

Yüklə 272 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin