2.Korxonani tashkil etish Korxonani tashkil etish va ularning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonun va uning asosida chiqariladigan boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Korxonani tashkil etishning umumiy shartlari shulardan iboratki, mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan idora, korxona, tashkilot qaroriga yoki mehnat jamoasining qaroriga muvofiq, shuningdek ta’sis etuvchilar guruhi va ayrim ta’sis etuvchi shaxslar qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda barpo etiladi.
Korxonani tashkil etish va uning faoliyatini olib borish uchun yer uchastkalari, tabiiy resurslardan foydalanish ko‘zda tutilgan hollarda tegishli davlat hokimiyat idoralari dan, tabiatdan foydalanuvchi tegishli tashkilot tomonidan ekologiya ekspertizasi xulosasi asosida foydalanishga ruxsatnoma olinadi. Shuningdek, korxona ishlab turgan korxonalar, tashkilotlar tarkibidan mehnat jamoasi tashabbusi bilan bir necha tarkibiy bo‘linmalarga ajratish yo‘li bilan ham tashkil qilinishi mumkin.
1 - rasm. Korxona nizomining tashkiliy ko‘rinishi Korxona mulki asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar hamda korxona balansidagi boshqa moddiy zahiralardan tashkil topadi. Korxona mol - mulkini:
ta’sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;
ta’sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;
mahsulot, ishlar, xizmatlarni sotishdan va xo‘jalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;
qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlar;
bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;
kapital mablag‘ va byudjet dotatsiyalari;
tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning xayriya maqsadlarida bergan badallari;
meros tariqasida, ayirboshlash va sovg‘a qilish yo‘li bilan oladigan daromadlari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablag‘lar tashkil etadi.
2. Korxona tushunchasi va ishlab chiqarish strukturasi Korxona mustaqil xo‘jalik subyekti bo‘lib, u iste’molchilar talabini qondirish va foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish uchun amaldagi qonunlar asosida tashkil topadi. Korxona o‘zi mustaqil faoliyat yuritadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng olingan foydani o‘zi boshqaradi. Bir so‘z bilan aytganda korxona o‘zi mustaqil tovar ishlab chiqaruvchidir.
Korxonaga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlar - birinchidan, ishlab chiqarish jarayonlarining umumiyligida aks etuvchi ishlab chiqarish-texnika birligi, ikkinchidan, rahbariyat, reja, hisob-kitobni o‘zida mujassamlashtirgan tashkiliy birlik, uchinchidan, moddiy, moliyaviy texnik resurslar hamda iqtisodiy natijalarni umumlashtiruvchi iqtisodiy birlikdan iborat.
Korxona bir turdagi sex yoki uchastkadan, texnologik jihatdan bir xil bo‘lmagan sexlardan tashkil topadi hamda ularning birgalikda olib borgan faoliyati natijasida mahsulot ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi, xizmatlar ko‘rsatiladi. Korxonani yaxlit qilib birlashtiradigan muhim belgilar bu yordamchi xo‘jaliklar va umumiylashtiruvchi maydondir.
Har bir korxonaning asosiy faoliyati - mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni baja-rish, xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlarning yig‘indisidan iborat.
Asosiy jarayon, odatda, tayyorlash, ishlov berish, yig‘ish bosqichlarini o‘z ichiga oladi.