Qarz beruvchi rolini Markaziy bank orqali bajadi. Bu markazlashgan kreditlar iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini kreditlash, shuningdek, vaqtincha foydalanishga mablag ajratilishi mumkin. Undan tashqari tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit resurslarini kim oshdi savdo yo‘li bilan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish orqali vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin. Davlat qimmatli qog‘ozlarini (davlat xazina majburiyatlarini) chiqarish, moliya bozorlarida ularni joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo‘li bilan banklarning, aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag‘larini yig‘adi va ularni davlat qarzi va byudjet kamomadini qoplashga sarflaydi. Bundan tashqari davlatni ichki va tashqi qarzlari, davlat kafil va kreditor sifatida ham bo‘lishi mumkin. Davlat krediti Davlat kreditida davlatning bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi. Davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi.