1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi


-mavzu. O‘rta podsholik davrida Misr davlati



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə3/80
tarix21.03.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#88977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi

3-mavzu. O‘rta podsholik davrida Misr davlati.
Reja:

  1. O‘rta shohlik davri IX-X sulolalar. Gerakleopolning kuchayishi.

  2. Ichki va tashqi siyosat.

  3. O‘rta podsholikning inqirozi sabablari.

Birinchi o‘tish davrida (mil. avv. 2250-2055-yy) Misr ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz iskanjasida edi. Mamlakat siyosiy anarxiya natijasida parchalanib, har bir nomarx o‘z yerida hukmronlik qilar va Geraklepoldagi markaziy hokimiyatni deyarli tan olmas edi. Mil. avv. XXII asr Gerakleopol va Fiva nomliklari o‘rtasida doimiy raqobat va kurash davri sifatida tarixda qolgan. Yuqori Misrning qudratli nomlaridan biri Ineotef Kattaning o‘g‘li Mentuxotep I (mil. avv. 2133- 2117-yy) Fivada 11-sulolaga asos soladi. Garchand u fir’avn unvonini qabul qilmagan bo‘lsa-da, Fiva nomligining Yuqori Misrda gegemonligiga yo‘l ochdi.
Gerakleopol hukmdorlari Quyi Misrga ham ta’sir o‘tkazib, mamlakat shimolini tashqi dushmandan muhofaza qila oldilar. Ammo, Fivani bo‘ysundira olmadilar. Chunki, “Turin papirusi” ma’lumotlariga ko'ra podsholar ro‘yxati ichida Gerakleopol hukmdorlari bilan bir qatorda Fiva nomarxlarining ham ismlari keltiriladi.
Ichki urushlar Fiva nomarxi Nextnebtepnefer Intef III (mil. avv. 2063-2055-yy)ning vorisi Nebxepetra Mentuxotep II (mil. avv. 2055- 2004-yy) va Gerakleopol hukmdori Merikara o‘rtasida kurash bilan tarixda qolgan. Hukmronligining 39 yili Mentuxotep II Yuqori va Quyi Misrni birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Misr yana yagona davlatga aylandi. U Deyr-Al-Baxridagi ibodatxonada dafn etilgan. Fir’avn Mentuxotep III o‘z otasining siyosatini davom ettirdi, Amon va Montu (Fiva shahri ilohi) xudolariga atab ibodatxonalar bunyod qiladi. Mil. avv. 1992-yil fir’avn Mentuxotep III vafot etadi va orada yetti yil Mentuxotep IV (hukmron sulolaga umuman aloqasi yo‘q kishi) mamlakatni boshqaradi.
Mentuxotep III ning saroyida chati (vazir) lavozimida ishlagan Amenemxet I ham podsho naslidan emas edi. Shunday bo‘lsa-da fir’avn vafotidan so‘ng aynan u podsholik taxtiga chiqdi. Amenemxet I (taxminan mil. avv. 1976-1956-yy) fir’avn bo‘lgach, 12-sulolaga asos soladi. Afsonaviy Narmerga ixlos qilib, poytaxtni Memfisdan taxminan 20 mil (30-32 km) janubda joylashgan Iti-Taui (Ikkala yerni birlashtiruvchi) shahriga ko‘chiradi. Yangi poytaxt Yuqori va Quyi Mismi muvozanatda ushlagan holda boshqarish uchun tanlangan edi.
Amenemxet I xattotlariga o‘zi haqida bashorat (Neferti bashorati) shaklidagi afsona yozishni ham buyurdi. Shuningdek, qo‘shinlarni Nil deltasiga yuborib, qal’a va mudofaa devorlarini (hukmdor devori) qurdirdi. Osiyolik ko‘chmanchilarning Misrga kirib kelish to‘lqini nazoratga olindi. Iti-Taui shahri yaqinida o‘zi uchun kichik ehrom ham bunyod ettirdi. Afsuski, Amenemxet I fitna natijasida o‘z soqchilari tomonidan o‘ldiriladi. Bu hodisa haqida keyinchalik uning o‘g‘li Senusert I yozma ma’lumot qoldirgan.
Senusert I (mil. avv. 1956-1911-yy) hokimiyatga kelishdan oldin otasining buyrug‘i bilan Nubiya va Liviyaga harbiy yurishlar qiladi va katta o'ljalar olib kelgan. Fir’avn Amenemxet I o‘ldirilgan paytda, shahzoda Liviyada harbiy yurishda bo‘lgan. Poytaxtga qaytgach, otasining qotillarini jazolaydi va taxtni qo‘lga kiritadi. So‘ngra saroyda unvonlar tizimini tartibga soladi. Mamlakat iqtisodiyotini tiklaydi hamda Fayum vohasini o‘zlashtirishni kengaytirgan. Uning davrida vazirlik(chati) lavozimlarida Antefoker, Sobekxotep va Mentuxotep kabi amaldorlar faoliyat ko‘rsatishgan.
Tashqi siyosatda Senusert I ko‘proq e’tiborni qo‘shni Nubiyani zabt etishga qaratadi. Uning harbiy unvonlari orasida “Iuntiuni mahv etuvchi” va “Nubiyaliklar chegarasiga chiquvchi” kabilar e’tiborga molik. G‘arb olimlarining fikricha, “Iuntiu” atamasi o‘sha vaqtda aynan Nubiya qabilalariga nisbatan ishlatilgan.
Nubiyaga uyushtirilgan yurishlar dastlab talonchilik uchun qilingan bo‘lsa, keyinchalik bosib olish xususiyatini o‘zida aks ettirdi. Mil. avv. 1929-yilda fir’avn Senusert I Nubiyaga yana bir katta harbiy yurishni amalga oshiradi. Bu safar misrliklar Nil daryosining 2-pog‘onasidan o‘tib, Kush mamlakatiga kirib keladilar. Ammo Senusert I ning asosiy maqsadi Nubiyaning harbiy salohiyatini o‘rganib chiqish edi.
Misrliklar Finikiyaning Bibl va Ugarit shaharlari bilan savdo aloqalarini o‘matishga muvaffaq bo'ldilar. Nil daryosi Nubiya bilan savdo vositasiga aylandi. Shu bilan bir qatorda Egey dengizi orollari xalqlari bilan ham savdo iqtisodiy aloqalar o‘ratildi.
O‘rta podsholik davrida Misrning ichki va tashqi siyosati. Ichki siyosatda mahalliy nomliklar o‘z mustaqilligini nisbatan saqlab qoldilar. Nomlik hududi ichida nomarxlar cheklangan qo‘shinlariga ham ega bo‘lishgan. Mahalliy ilohlar va kohinlar, markaziy hokimiyat tomonidan tan olingan. Nomarxlik otadan bolaga meros tariqasida o'tgan, fir’avn uni faqatgina tasdiqlagan.
Fir’avn Senusert I davrida Misrni konfederativ shakldagina markazlashgan davlat sifatida ko‘rish mumkin. Hayotining so‘nggida Senusert I o‘z hokimiyatini o‘g‘li Nabkori Amenemxet II (mil. avv. 1911-1877-yy) bilan bo‘lishib boshqardi. Bu esa hokimiyatni tinch y o i bilan meros qilib berish hamda ichki urushlami oldini olish demak edi. Amenemxet II otasidan qudratli iqtisodiy va harbiy jihatdan kuchli davlatni qabul qilib olgan edi. Uning hukmronlik yillarida deyarli 30 yil yirik urushlar bo‘lmadi. Misr bilan chegaradosh barcha davlatlar savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatgan edilar. Krit, Suriya, Kichik Osiyo va Mesopotamiyadan tamkarlar (savdogarlar) mamlakatga kelishgan. Natijada Misrga osiyoliklaming ko‘chib o‘tishi kuchaygan. Mil. avv. 1877-yilda taxtni Amenemxet II ning o‘g‘li Senusert II (mil. avv. 1877-1870-yy) egallaydi. Uning hukmronligi yillarida Fayum vohasi irrigatsiyasi tartibga solinib, qishloq xo‘jaligida katta qurilish ishlari amalga oshiriladi. Shu yerda fir’avn o‘z ehromi (xom g‘ishtdan qurilgan) va Xotep-Senusert (Senusert mamnun) shahrini ham qurdirgan. Shaharning zodogonlar yashaydigan qismi va podsho saroyi alohida mustahkam devor bilan o‘rab olingan. Butun shahar alohida mudofaa istehkomiga ega edi. Yangi yerlar o‘zlashtirildi va dehqonchilikka katta e’tibor qaratildi.
Senusert II vafotidan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Senusert III (mil. avv. 1870-1831-yy) keladi. Hukmronligining 6, 8, 10, 16-yillarida Nubiyaga qator harbiy yurishlar uyushtiradi. Misrliklar mamlakatni talab vayron qiladilar va mahalliy aholini shafqatsiz qirg‘in qilib, quduqlarini zaharlab ayollar hamda bolalarni qullikka olib ketadilar. O‘sha davrda Misr chegaralari janubga, ya’ni Nil daryosining 2-pog‘onasidan ham o‘tib ketgan edi. Fir’avn buyrug‘i bilan chegara qal’alari qurilib, bojxona tartibga solindi. Endi Misrga maxsus ruxsatsiz kirib kelish (savdodan tashqari) cheklab qo‘yildi. Daxshurda Senusert III ning buyrug‘i bilan 12-sulolaning eng katta ehromi bunyod etiladi. Uning vorisi Amenemxet III (mil. avv. 1831-1786-yy.) davrida O‘rta podsholik madaniyati yuqori cho'qqisiga yetdi. Memfisdagi Ptax ibodatxonasi kengaytirildi va Biaxmuda (shimoli g‘arbiy Fayum atroflari) ibodatxona qurildi.
12-sulola fir’avnlari mamlakatni barqaror holatga keltirdilar. Ular faol ichki va tashqi siyosat yuritib, Misrni kuchli davlatga aylantirdilar. Fayum vohasini o‘zlashtirish davom etdi. Nubiyadagi boy oltin konlari ishlatila boshlandi. Nubiyada yangi qal’alar qurilib, bu yerga Misrdan aholi ko‘chirilib keltirildi. Nilning har ikki qirg‘og‘ida, ikkinchi pog‘onasida Semna va Kumna nomli mustahkam qal’alar qurildi. Nubiyaning katta qismi amalda Misrning viloyati bo‘lib qoldi. Sharqiy O‘rtayer dengizi hududlaridan kumush, qurilish yog‘ochi (asosan kedr yog‘ochi) olib kelinadi. Finikiyaning bir necha shaharlari Misrga qaram bo‘ldi.
O‘rta podsholik davrida katta suv ombori qurilib, kanal bilan Nil daryosiga qo‘shildi. Fayum vohasida tarmoqlangan sug‘orish tizimi barpo qilindi. Janubiy delta, Fayum va uni atroflarini obod qilinishi 12-sulola fir’avnlarining poytaxtni Fivadan yangi qurilgan shahar Ittaun («Ikkala yemi birlashtiruvchi») shahriga ko‘chirishlariga sabab bo‘ldi. Mehnat qurollari takomillashdi. Sinayda mis xomashyosi qazib olish ko'paydi. Shimoliy Nubiyada oltin va mis xomashyosini qazish yo‘lga qo‘yildi. Qishloq xo‘jaligi yuksalib, yangi qulay omoch paydo bo‘ldi. Ilk bronza qurollar keng o'zlashtirildi. Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘oqlari bronza qurollarni bundan ancha oldinroq qo‘llay boshlagan edilar. Misrning bu sohada qoloqligining sababi, Nil va uning atrofida mazkur xomashyoning kam uchraganligida edi. Boshqa yutuqlardan biri shishaning kashf etilishi bo‘lgan. Iqtisodiyotning jonlanishi metallarga, kumush, qurilish yog‘ochiga ehtiyojni kuchaytirdi. Bu chet mamlakatlar bilan savdo aloqalarini faollashuviga olib keldi. Misr savdo karvonlari Nil, Suvaysh orqali Kichik Osiyo va Bobilga chiqdilar. Bu vaqtda janubiy Nubiya va Puntdan oltin olib kelindi.
O‘rta podsholik davrida yirik xo‘jaliklar o‘rniga o‘rta xo‘jaliklar yetakchi o‘rin egalladi. Ular foyda keltiradigan barqaror xo‘jalik edi. Bozor bilan bog‘lanish va qo‘l mehnatidan foydalanish kuchaydi. Kichik xo‘jaliklarning soni oshdi. Moddiy boylikning asosiy yaratuvchilari ishlab chiqarish vositalari va mehnat qurollaridan mahrum bo‘lg an “xemuu-nesut” - “podsho odamlari” deb atalgan ishchilar bo‘lgan. Ular podsho, ibodatxona, zodagonlar yerida ishlab, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana olganlar. “Podsho odamlari” yoshlik paytidan aholi ro‘yxatidan o‘tkazilib, ma’lum hunarlarga taqsimlanar edilar. Misrda o‘sha zamonga mos qat'iy huquqiy tartib o‘rnatildi.
12-sulola vakillari kuchli qo‘shinga tayanib, bosqinchilik siyosatini olib bordi. Ayniqsa, Nubiya va Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og'iga nisbatan istilochilik hujumlari kuchaydi. Mamlakatga ko‘plab qullar keltirila boshlandi. Oqibatda Misrda boshqa millat va etnoslami ko‘rish mumkin edi.
O‘rta podsholikning inqirozi sabablari. Fir’avn Amenemxet IV vafoti bilan mamlakatda 12-sulolaning erkak vakillari qolmadi. Garchand uning o‘gay singlisi Nefrusebek fir’avn sifatida taxtga ko‘tarilsada, Misrda ichki nizolar ortib bordi. Mil. avv. 1786-yilda 12-sulola o‘rniga 13-sulola vakillari keldi. Ushbu sulola vakillaridan Sebekxotep II va Amenemxet V davrlarida siyosiy inqiroz avj ola boshladi. O‘rta podsholik yana nomliklarga bo‘linib ketdi.
“Turin papirusi” ma’lumotlariga ko‘ra mil. avv. 1675-yilda Quyi Misrga Osiyodan ko‘chmanchi giksos qabilalari kirib keladilar va Deltani egallaydilar. Giksoslar, Misrga Shimoliy Arabiston, Falastin va Suriya yerlaridan kirib kelganlar. Giksoslar sardori Xian fir’avn maqomini qabul qilib, 15-sulolaga asos soladi. Ular Quyi Misrni 100 yildan ko‘proq (ayrim manbalarda 108 yil) boshqardilar. Ammo, Yuqori Misr nomligi Fiva shahri boshchiligida mustaqillikni saqlab qoldi. Giksoslar Avarisni poytaxt qilib, u yerdan Deltani boshqardilar. Ko‘chmanchilami g‘alabasini jangovar aravalar ta’minlab berdi. Misr qo‘shini piyoda jang qilishga ko‘nikkan edi. Yuqori Misrning ayrim nomliklari giksoslarga o'lpon to‘laydigan bo‘ldilar. Giksos fir’avnlaridan Xian va Apepilar (hukmronlik yillari munozarali) davrida Quyi Misr kuchaydi, ammo butun Yuqori Misr hududini butunlay egallay olmadilar. Ular Abidosga qadar o‘z ta’sir doiralarini saqlab tura olishlari mumkin edi. Natijada bir oz vaqt o‘tib, Yuqori Misrliklar Fivada 17-sulolaga asos soldilar. Fiva nomligi tez orada Yuqori Misr nomliklarini Kamos boshchiligida birlashtira oldi. Nil daryosida harbiy flot tuzildi, qo‘shin tartibga solindi. Avaris hukumati giksos fir’avni Apopi boshchiligida Kush podshosiga maktub yozadi va Fiva nomligini bo‘lib olishni taklif qilgan. Fiva nomarxi Kamosning 1-2 tosh bitiklarida keltirilishicha, elchi yo‘lda qo‘lga tushib qoladi va Kamos giksoslarga qarshi urushni boshlaydi. Keyinchalik urushda to‘liq g‘alabaga Kamosning ukasi Yaxmos erisha oladi va giksoslami Misrdan quvib yuborishga muvaffaq bo‘lgan



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin