1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə50/80
tarix21.03.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#88977
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   80
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi

JAHON TARIXI V QISM
(Yangi davr: Osiyo va Afrika mamlakatlari)
1-mavzu. Yaponiya yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari.
Ilk yangi davrda Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy. rivojlanishi. XVII asrning o‘rtalarida Yaponiyaning iqtisodiy ahvoli. Tokugava davlati. Yakkalanish siyosati. Savdo-sotiqning rivojlanishi. Feodal xo‘jalik inqirozining kuchayishi. Manufakturaning o‘sishi. Dexqonlar ahvolining og’irlashuvi va ularning ommaviy ravishda shaharga ketib qolishi. Dexqonlar va hunarmandlar qo‘zg’olonlari. Tokugava tartiboti. Yaponiya va g’arb davlatlari. Rus-yapon munosabatlari. Syogunat davrida Yaponiya madaniyati. 1867-1868 yillardagi inqilob. Amerika, Angliya va Frantsiyaning Yaponiya ichki ishlariga aralashuvi. Tengsiz shartnomalar. Tokugava tartibotiga qarshi harakat. Fuqarolar urushi va Syogunat tartibotining tugashi. Yangi hukumat va uning siyosati. Agrar islohot. XIX asrning 60-90 yillari - XX asr boshida Yaponiya. Yaponiyada ichki-iqtisodiy taraqqiyotning xususiyatlari. Zamonaviy sanoatni vujudga keltirishda davlatning roli. 1868 yil inqilobining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari. Dexqonlar harakati. Samuraylar qo‘zg’oloni. Siyosiy partiyalarining vujudga kelishi. 1881 yilgi Konstitutsiya. 1894-1895 yillaridagi Yaponiya-Xitoy urushi. Yaponiyaning tashqi siyosati. Yaponiya birinchi jahon urushi yillarida.
2-mavzu. Xitoy yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari.
Ilk yangi davrda Xitoyda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat. Manchjurlar hukmronligining o‘rnatilishi. Manjur hukumatining ichki siyosati. TSin imperiyasining agrar siyosati. Savdo-sotiq, manufaktura, hunarmandchilik va shahardagi ijtimoiy ahvol. Manjur hukmdorlarining bosib olish siyosati. TSin sulolasining tashqi siyosati. Xitoyning yakkalanish siyosati. Xitoy xalqining Manjur hukmdorlariga qarshi kurashi. TSin imperiyasining iqtisodiy va siyosiy ahvoli. G’arb mamlakatlari va Xitoy. Birinchi ingliz-xitoy (afyun) urushi. 1842-1844 yillardagi tengsiz shartnomalar. Dexqonlar urushining boshlanishi. Taypinlar va ularning ichki va tashqi siyosati. TSin hukumati va G’arb davlatlari. Taypin davlatining qulashi. Xalq haraqatlari. Dungan-uyg’ur qo‘zg’oloni. Yoqubbek va uning siyosati. Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari. Iqtisodiy va siyosiy munosabatlar. XIX asr oxiri -XX asr boshida Xitoy. Xitoyda yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va ularning xususiyatlari. Kan Yuvey rahbarligida islohotchilik harakati. Sun Yatsenning birinchi tashkiloti – “Xitoy uyg’onishi ittifoqi”. Ixetuan qo‘zg’oloni va uning mag’lubiyatga uchrashi. 1901 yilda tuzilgan ―Yakunlovchi protoqol» va Xitoyning yarimmustamlaka holiga tushib qolishi. XX asr boshlarida Xitoyda iqtisodiyotning rivojlanishi. 1905-1907 yillarda Xitoyda norozilik haraqatlarning o‘sishi. “Birlashgan ittifoq” (tukmen). Sun-Yat-Senning “3 tamoyili”. Sinxay inqilobining boshlanishi. Sin saroyining siyosati. Respublika hukumatining tuzilishi va Sun Yatsenning vaqtincha prezident qilib saylanishi. Sin sulolasi hokimiyatining tugatilishi. Yuan Shikayning hokimiyatga kelishi. Gomindanning tashkil bo‘lishi. Birinchi jahon urushi yillarida Xitoyning siyosiy va iqtisodiy ahvoli.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin