Axborotning semantik o'lchovi: Axborot ma’nosining mazmuni yoki axborotning miqdorini semantik darajada o‘lchash uchun tezaurus o‘lchovidan foydalaniladi. Bu o'lchov axborotning semantik xususiyatlarini foydalanuvchining kelgan habarni qabul qilish qobiliyati bilan bog‘laydi. Buning uchun foydalanuvchi tezaurus tushunchasi ishlatiladi.
Tezaums – foydalanuvchi yoki tizim ega bo‘lgan xabarlar to‘plamidir.
Semantik axborotning miqdorini nisbiy o‘lchovi sifatida mazmundorlik koeffitsiyentini ishlatish mumkin:
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1 dan 100 gacha bo’lgan sonlar ichidan tasodifiy tanlash natijasida bir sonning tanlanishidagi ma’lumot miqdori – I ni aniqlang.
Quyidagi ma’lumotlarni bilgan xolda о‘zingizni kompyuteringizdagi axborot tashuvchi qurilmalarini tekshirib yozib oling.
1. Qattiq disk («Vinchester»). Zamonaviy kompyuterlarda 250Gbaytdan 500Gbaytgacha va undan ortiq. Hozirgi kunda 1Tbaytli vinchesterlar ishlatilmoqda.
2. Yumshoq disklar. 3,5 dyumli: 720 Kbayt va 1,44 Mbayt hajmdagi axborot sig’imiga ega.
3. Kompakt disklar(СD,DVD). Sig’imi: 640 Mbayt, 4Gbayt va undan ortiq. Turlari: Faqat o’qish uchun (CD-ROM, DVD-ROM), Bir marotaba yozish uchun(CD-R, DVD-R), Qayta yozish uchun(CD-RW, DVD-RW)
4. Fleshkalar. Hozirda 512 Mbaytdan 64Gbaytgacha sig’imli axborotlarni tashuvchi qurilmalar ishlatilmoqda
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:
V. Rajaraman. Introduction to information technology (second edition). India, 2013.
N. V. Makarova. Informatika. Darslik. T.: “Talqin”, 2005 y. 30-41 bb.
R.Boqiyev, N.Mirzaxmedova, A.Primkulova. Informatoka. O’quv qo’llanma. T.: “Tafakkur”, 2016 y. 14-19 bb.