1-laboratoriya ishi Algoritmlarni tahlil qilish. Mavzu



Yüklə 312 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix26.04.2023
ölçüsü312 Kb.
#102952
1   2   3   4   5   6   7
1-laboratoriya ishi Algoritmlarni tahlil qilish. Mavzu

1.3.Algoritmning turlari 
Algoritmlarni asosan 3 turga bo`lish mumkin: 
1) Chiziqli algoritmlar
2) Tarmog`lanuvchi algoritmlar; 
3
)
Takrorlanuvchi algoritmlar. 
1.3.1. Chiziqli algoritmlar 
Chiziqli algoritmlarda asosan hech qanday shart tekshirilmaydi va jarayonlar tartib 
bilan ketma-ket bajariladi. Demak, chiziqli algoritmlar sodda hisoblashlar yoki 
amallar ketma-ketligidir. Chiziqli algoritmlarga misol qilib quyidagi formulalar 
bo`yicha hisoblashlarni keltirish mumkin: 
b=s·n 
1.3.2. Tarmog`lanuvchi algoritmlar. 
Biror shartning bajarilishi bilan bog`liq ravishda tuziladigan algoritmlarga 
tarmog`lanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmog`lanuvchi algoritmlar hisoblashlar 


ketma-ketligini aniqlaydigan shartlarni o`z ichiga oladi. Blok-sxema ko`rinishida 
bu shuni bildiradiki, blok-sxemada hech bo`lmaganda bitta romb ishtirok etadi. 
Masalan: ko`chaga qanday kiyimda chiqishimiz ob-havoga, avtomatdan sharbatli 
yoki mineral suv ichishimiz esa unga qancha so`mlik “jeton” tashlashimizga 
bog`liqdir. Yuqorida keltirilgan “Svetofor” algoritmi ham tarmog`lanuvchi 
algoritmga misoldir. 
1.3.3. Takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar. 
Ma'lum bir shart asosida algoritmda bir necha marta takrorlanish yuz beradigan 
jarayonlar ham ko`plab uchraydi. Masalan, yil fasllarining har yili bir xilda 
takrorlanib kelishi, har haftada bo`ladigan darslarning kunlar bo`yicha takrorlanishi 
va hokazo. Demak, takrorlanuvchi algoritmlar deb shunday algoritmlarga 
aytiladiki, unda bir yoki bir necha amallar ketma-ketligi bir necha marta 
takrorlanadi, bu ketma-ketlik tarmog`lardan iborat bo`lishi ham mumkin. Bundan 
chiziqli va tarmog`lanuvchi algoritmlar takrorlanuvchi algoritmlarning xususiy holi 
ekanligi kelib chiqadi. 
Masalan
,
Natur
al
sonlarni
ng
yig`indisi
ni
topi
sh
algorit
mi-
takrorlanuvc
hi 
algoritm
ga misol 
bo`la oladi. 
Haqiqatan 
ham, yig`indi 
quyidagicha 
hisoblanishi 
mumkin

1)

ning 
dastlabki 
qiymati 0 
deb olinsin 
(S:=0); 
2) i ning qiymati 1 deb olinsin (i: = 1); 
3) S ga i ni qo`shib, natija S deb olinsin (S: =S+i); 
4) i ga 1 ni qo`shib, uni i bilan belgilansin (i: = i +1); 
5) agar i=n bo`lsa, u holda 2-banddan boshlab takrorlansin; 
6) tugallansin. 
Bu masala yechishning blok-sxema ko`rinishidagi algoritmi quyidagi ko`rinishda 
bo`ladi: 
Izoh. 3), 4) amallarga e'tibor bering. Uning matematikada ma'nosi yo`q, lekin 
algoritmlar nazariyasida u avvalgi qiymatlar s va i ga biror sonni, bizning 
holimizda i va 1 sonlari, qo`shib yangi qiymatlar hosil qilishni anglatadi. Xuddi 
shu algoritm yordamida n ta sonlar ko`paymasini ham hosil qilish mumkin. 

Yüklə 312 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin