ketma-ketligini aniqlaydigan shartlarni o`z ichiga oladi. Blok-sxema ko`rinishida
bu shuni bildiradiki, blok-sxemada hech bo`lmaganda bitta romb ishtirok etadi.
Masalan: ko`chaga qanday kiyimda chiqishimiz ob-havoga, avtomatdan sharbatli
yoki mineral suv ichishimiz esa unga qancha so`mlik “jeton” tashlashimizga
bog`liqdir. Yuqorida keltirilgan “Svetofor” algoritmi ham tarmog`lanuvchi
algoritmga misoldir.
1.3.3. Takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar.
Ma'lum bir shart asosida algoritmda bir necha marta
takrorlanish yuz beradigan
jarayonlar ham ko`plab uchraydi. Masalan, yil fasllarining har yili bir xilda
takrorlanib kelishi, har haftada bo`ladigan darslarning kunlar bo`yicha
takrorlanishi
va hokazo. Demak, takrorlanuvchi algoritmlar deb shunday algoritmlarga
aytiladiki, unda bir yoki bir necha amallar ketma-ketligi bir necha
marta
takrorlanadi, bu ketma-ketlik tarmog`lardan iborat bo`lishi ham mumkin. Bundan
chiziqli va tarmog`lanuvchi algoritmlar takrorlanuvchi algoritmlarning xususiy holi
ekanligi kelib chiqadi.
Masalan
,
Natur
al
sonlarni
ng
yig`indisi
ni
topi
sh
algorit
mi-
takrorlanuvc
hi
algoritm
ga misol
bo`la oladi.
Haqiqatan
ham, yig`indi
quyidagicha
hisoblanishi
mumkin
:
1)
S
ning
dastlabki
qiymati 0
deb olinsin
(S:=0);
2) i ning qiymati 1 deb olinsin (i: = 1);
3) S ga i ni qo`shib, natija S deb olinsin (S: =S+i);
4) i ga 1 ni qo`shib, uni i bilan belgilansin (i: = i +1);
5) agar i=n bo`lsa, u holda 2-banddan boshlab takrorlansin;
6) tugallansin.
Bu masala yechishning blok-sxema ko`rinishidagi algoritmi quyidagi ko`rinishda
bo`ladi:
Izoh. 3), 4) amallarga e'tibor bering. Uning matematikada ma'nosi yo`q, lekin
algoritmlar nazariyasida u avvalgi qiymatlar
s va i ga biror sonni, bizning
holimizda i va 1 sonlari, qo`shib yangi qiymatlar hosil qilishni anglatadi. Xuddi
shu algoritm yordamida n ta sonlar ko`paymasini ham hosil qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: