oladi.
Algoritmni bajarishda ko`rsatmalarni berilgan ketma-ketlikda
bajarish muhim
ahamiyatga
ega ekanligi, 2-o`rindagi ko`rsatma bilan 3-sini yoki birinchi bilan 4-
o`rindagi ko`rsatmalarning o`rnini almashtirish bilan oldimizga qo`yilgan
maqsadga erishmasligimiz yaqqol ko`rinib turibdi. Bundan tashqari har bir
ko`rsatmaning mazmuni algoritmni bajarayotgan kishi-ijrochi uchun aniq va
ravshan bo`lishi kerak.
2-misol. y=a(b+cx)-dx formula bo`yicha
y ning qiymatini hisoblash algoritmi.
1) s ni x ga ko`paytirib, natija R1 bilan belgilansin;
2) b ni R1 ga qo`shib, natija R2 bilan belgilansin;
3) a ni R2 ga ko`paytirib, natija R3 bilan belgilansin;
4) d ni
x ga ko`paytirib, natija R4 bilan belgilansin;
5) R3 dan R4 ni ayirib, natija
y ning qiymati deb hisoblansin.
Bu ko`rsatmalar ketma-ketligi berilgan formula bo`yicha tuzilgan. Bu algoritmni
oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilgan ijrochi, qanday formulaning qiymati
hisoblanayotganini bilmasa ham, to`g`ri natija olishi mumkin. Sababi, formuladagi
ifodaning qiymatini hisoblash faqatgina oddiy arifmetik amallarni bandma-band
tartib bilan bajarishga olib kelindi.
3-misol. “Svetofor” dan foydalanish algoritmi.
1) svetofor chirog`iga qaralsin;
2) qizil chiroq yongan bo`lsa, to`xtalsin;
3) sariq chiroq yongan bo`lsa, yurishga yoki to`xtashga
tayyorlansin;
4) yashil chiroq yongan bo`lsa, yurilsin.
Dostları ilə paylaş: