1-laboratoriya ishi Algoritmlarni tahlil qilish. Mavzu



Yüklə 312 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix26.04.2023
ölçüsü312 Kb.
#102952
1   2   3   4   5   6   7
1-laboratoriya ishi Algoritmlarni tahlil qilish. Mavzu

6-misol. Misolning yechish algoritmi quyidagicha bo`ladi: 
1) mashina xotirasiga a va b ning qiymati kiritilsin
2) to`g`ri to`rtburchaklar soni n kiritilsin
3) to`rtburchaklar asosi (eni) hisoblansin: h=(b-a)/n; 
4) 1-nchi to`rtburchak balandligi (bo`yi) aniqlansin: x1=a; 
5) 1-nchi to`rtburchak yuzi hisoblansin: S1=sqr(x1)*h; 
6) S1 ning qiymati eslab qolinsin; 
7) 2-nchi to`rtburchakka o`tilsin; x2=x1+h (balandligi shunga bog`liq); 
8) 2-nchi to`rtburchak yuzi hisoblansin: S2=sqr(x2)*h; 
9) S2 ning qiymati S1 ning qiymatiga qo`shib qo`yilsin va yig`indi eslab qolinsin; 
................................. 
k-2) n-nchi to`rtburchakka o`tilsin: xN = x(N-1)+h=b; 
k-1) n-nchi to`rtburchak yuzi hisoblasin: Sn=sqr(b)*h; 
k) Sn ning qiymati S1, S2,..., S(N-1) lar qiymatiga qo`shilsin. 
Algoritmni ishlab chiqish uchun avvalo masalaning yechish yo`lini yaxshi tasavvur 
qilib olish, keyin esa uni formallashtirish, yani aniq qoidalar ketma-ketligi 
ko`rinishida yozish kerak. 
Bu misollardan bitta umumiy tomonini kuzatish mumkin. Bu algoritmdan qanday 
maqsad ko`zlanganligini bilmasdan turib ham uni muvaffaqiyat bilan bajarish 
mumkin. Demak, hayotda uchraydigan murakkab jarayonlarni boshqarishni yoki 
amalga oshirishni robotlar, kompyuterlar va boshqa mashinalar zimmasiga 
yuklashimiz mumkin ekan. Bu esa algoritmning juda muhim afzalligidir. Shunga 
ko`ra, har bir inson o`z oldiga qo`yilgan masalaning yechish algoritmini to`g`ri 
tuzib bera olsa, u o`z aqliy va jismoniy mehnatini yengillashtiribgina qolmay, bu 
ishlarni avtomatik tarzda bajarishni mashinalarga topshirishi ham mumkin. 
Algoritmni ishlab chiqishda masalani yechish jarayonini shunday formallashtirish 
kerakki, bu jarayon yetarli darajadagi oddiy qoidalarning chekli ketma-ketligini 
ko`rinishiga keltirilsin. Masalan, biz ko`pincha ko`p xonali sonlar ustida asosiy 
arifmetik amallarni bajarishda vatandoshimiz Al-Xorazmiyning IX asrda yaratgan 
qoidalarini ishlatamiz. «Algoritm» atamasi ham ana shu buyuk matematik nomidan 
kelib chiqadi. 
Shuning uchun algoritm deb, masala yechimini tasvirlashning ixtiyoriy tasviri 
olinmasdan, balki faqatgina ma'lum xossalarni bajara oladiganlari qabul qilinadi. 
Ko`rsatmalarning mazmuni, kelish tartibi, qo`llanish doirasi va olinadigan 
natijadan kelib chiqib, algoritmning eng asosiy xossalari bilan tanishamiz. 

Yüklə 312 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin