1-laboratoriya ishi Algoritmlarni tahlil qilish. Mavzu



Yüklə 312 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix26.04.2023
ölçüsü312 Kb.
#102952
  1   2   3   4   5   6   7
1-laboratoriya ishi Algoritmlarni tahlil qilish. Mavzu



1-laboratoriya ishi Algoritmlarni tahlil qilish. 
Mavzu:Algoritmga kirish. Asosiy tushuncha va ta’riflar 
Ishdan maqsad: Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi tuzilishdagi 
algoritmlarni o’rganish. 
Qo’yilgan masala: Topshiriq variantida berilgan masalani berilgan 
tuzilishdagi algoritmlar yordamida yechish. 
1.1.Algoritm tushunchasi 
Algoritm so`zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk 
bobokalonimiz Muxammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog`liq bo`lib, uning 
arifmetikaga bag`ishlangan “Al jabr va al-muqobala” nomli asarining dastlabki 
betidagi “Dixit Algoritmic” (“Dediki Al Xorazmiy”ning lotincha ifodasi) degan 
jumlalardan kelib chiqqan. 
Al-Xorazmiy birinchi bo`lib o`nlik sanoq sistemasining prinsiplarini va unda 
turli amallar bajarish qoidalarini asoslab berdi. Bu esa hisoblash ishlarini 
ixchamlashtirish va osonlashtirish imkonini yaratadi. Chunki bu bilan o`sha davrda 
qo`llanib kelingan rim raqamlari va sonlarni so`z orqali yozib bajarishdagi 
noqulayliklar bartaraf etildi. 
Dastlab algoritm deyilganda o`nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida turli arifmetik 
amallar bajarish qoidalari tushunib kelingan. 
Al-Xorazmiyning ilmiy asarlari fanga algoritm tushunchasining kiritilishiga 
sabab bo`ldi. 
Algoritm nima? Umuman olganda uni aniq ta'riflash mushkul. Lekin algoritmning 
mohiyatini aniq va qat'iyroq tushuntirishga harakat qilamiz. 
Algoritm deganda biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga 
qaratilgan buyruqlarning aniq, tushunarli, chekli hamda to`liq tizimi tushuniladi. 
Algoritmga quyidagicha ta'rif berishimiz mumkin: algoritm deb aniq natijaga olib 
keladigan amallarning cheklangan ketma-ketligiga aytiladi. 
Algoritmning xizmati nimadan iborat? 
Algoritmlar-bu bilimlar ustida fikrlash va yetkazib berishdan iborat. Haqiqatan 
ham kimdir qandaydir masalani yechishni o`ylab topib va uni boshqalarga 
aytmoqchi bo`lsa, u holda u o`ylab topgan yechimini shunday tasvirlashi kerakki, 
natijada boshqalar ham uni tushunsin, hamda shu tasvirga ko`ra boshqalar ham 
masalani to`g`ri yechishsin. Shuning uchun tasvir bir necha talablarga bo`ysinishi 
kerak. 
Agar yechimning tasviri aniq bo`lmasa, ya'ni mujmal bo`lsa, u holda shu tasvirga 
asosan boshqa javobni olish mumkin. Chunki, har kim masala yechimining 
tasvirini noaniq mujmal joyini o`zicha aniqlashtirishi mumkin. Bunday tasvirni 
algoritm deb bo`lmaydi. Algoritmlarga misol sifatida taomlar tayyorlash 
retseptlarini, formulalarni, turli avtomatik qurilmalarni ishlatish yo`lini, mexanik 
yoki elektron o`yinchoqlarni ishlatish bo`yicha yo`riqnomalarni, ko`cha harakati 
qoidalarini keltirish mumkin. Algoritmga ba'zi bir misollar keltiramiz: 

Yüklə 312 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin