1-laboratoriya ishi Algoritmlarni tahlil qilish. Mavzu



Yüklə 312 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix26.04.2023
ölçüsü312 Kb.
#102952
1   2   3   4   5   6   7
1-laboratoriya ishi Algoritmlarni tahlil qilish. Mavzu

1.2.Algoritmning xossalari 
Algoritmning asosiy xossalari quyidagilardan iborat: 
1. Diskretlilik. Bu xossaning mazmuni-algoritmlarni doimo chekli qadamlardan 
iborat qilib bo`laklash imkoniyati mavjudligidadir. Boshqacha aytganda, uni chekli 
sondagi oddiy ko`rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. 
Algoritmning bu xossasi yuqorida keltirilgan hamma misollarda yaqqol ko`rinib 
turibdi. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib bo`laklay 


olmasak, u holda uni algoritm deb bo`lmaydi. 
2. Tushunarlilik. Algoritmning ijrochisi hamma vaqt inson bo`lavermaydi. 
Choy damlashni yoki boshqa ishlarni bajarishni faqat odamga emas, balki robotga 
ham buyurish mumkin. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko`rsatmalar uning uchun 
tushunarli bo`lishi kerak, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi. 
Bundan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham mumkin. 
Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo`lgan ko`rsatmalar yoki buyruqlar 
birikmasi mavjud bo`lib, u ijrochining ko`rsatmalar tizimi (sistemasi) deyiladi. 
Shuning uchun ijrochi uchun berilayotgan har bir ko`rsatma ijrochining 
ko`rsatmalar tizimiga tegishli bo`lishi kerak. 
Ko`rsatmalarni ijrochining ko`rsatmalar tizimiga tegishli bo`ladigan qilib ifodalay 
olishimiz muhim ahamiyatga ega. Masalan, pastki sinfning a'lochi o`quvchisi “son 
kvadratga oshirilsin” degan ko`rsatmani tushunmasligi natijasida bajara olmaydi. 
Lekin “son o`zini o`ziga ko`paytirilsin” shaklidagi ko`rsatmani bemalol bajaradi. 
Sababi, u ko`rsatma mazmunidan ko`paytirish amalini bajarish kerakligini 
anglaydi. 
3. Aniqlik. Ijrochiga berilayotgan ko`rsatmalar aniq mazmunda bo`lishi kerak. 
Chunki, ko`rsatmadagi noaniqliklar mo`ljaldagi maqsadga erishishga olib 
kelmaydi. 
Odam uchun tushunarli bo`lgan “3-4 marta silkitilsin”, “5-10 daqiqa qizdirilsin”, 
“1-2 qoshiq solinsin”, “tenglamalardan biri yechilsin” kabi noaniq ko`rsatmalar 
robot yoki kompyuterni qiyin ahvolga solib qo`yadi. Bundan tashqari, 
ko`rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda bajarilishi ham muhim ahamiyatga ega. 
Demak, ko`rsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda ko`rsatilgan tartibda 
bajarilishi shart ekan. 
4. Ommaviylik. O`ar bir algoritm mazmuniga ko`ra bir turdagi masalalarning 
barchasi uchun ham o`rinli bo`lishi kerak. Ya'ni, masaladagi boshlanQich 
ma'lumotlar qanday bo`lishidan qat'iy nazar algoritm shu xildagi har qanday 
masalani yechishga yaroqlidir. 
5. Natijaviylik. O`ar bir algoritm chekli sondagi qadamlardan keyin albatta 
natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko`p bo`lsa ham baribir natijaga olib 
kelishi kerak. Chekli qadamdan keyin qo`yilgan masala yechimga ega emasligini 
aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko`rilayotgan jarayon cheksiz davom etib 
natija bermasa, uni algoritm deb ayta olmaymiz. 

Yüklə 312 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin