1-Laboratoriya ishi Mavzu: Ma`lumotlar bazasini loyihalash. Mohiyat – aloqa diagrammasini qurish (ER modeli). Ishdan maqsad: ma`limotlar bazasini loyihalash uchun mohiyat – aloqa modelini ishlab chiqish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish.
Masalani qo`yilishi: ma`lumotlar bazasini lohiyalash va “Mohiyat–aloqa” modelini ishlab chiqish.
Uslubiy ko`rsatmalar: ma`lumotlar bazasini lohiyalash quyidagi tashkil etuvchilarini o`rganishni taqazo etadi. Ob`yektlar, ob`yekt xususiyatlari, bog`lanishlar (ob`yekt munosabatlari), vaqt oralig`i va hokazolar.
Laboratoriya ishlarida ma'lum bir universitetdagi byudjet joylariga abituriyentlarni qabul qilish muammosi ko'rib chiqiladi. Abiturientlar universitetning bir yoki bir nechta fakultetida imtihon topshirishadi. Imtihonlar jadvali ma'lum: imtihonning sanasi, mavzusi, qaysi imtihon topshiriladigan fakultet Imtixon uchun abituriyentlar baholarni oladilar. Har bir murojaatchi uchun ba'zi ma'lumotlar saqlanadi, xususan, sertifikat raqami va sanasi.
Infologik ma'lumotlar modeli (ma'lumotlar taqdimoti) uchun turli xil variantlarni yaratish, taklif qilingan variantlarni taqqoslash talab qilinadi.
Bu erda ma`lumotlar bazasini qurish sohasi sifatida “IMTIHON” olingan bo`lib, ma`lumotlar quyidagi ob`yektlarda saqlanadi:
jadval.
Quyidagi rasmda aloqalar (ob`yektlar orasidagi munosabatlar)ning ko`rinishi keltirilgan
“Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani tashkil etuvchi uchta asosiy komponentalardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida “VAQT” tashkil etuvchisi faqat oshkormas holda ishtirok etishi mumkin. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o`xshash atributlar bilan tasvirlanadi.
rasm. “Imtihon” obyektli modeli elementlari orasidagi ob`yektli munosabatlar.
Modelni quirishda “aloqa” mavjud ob`yektni, jarayonni yoki hodisani, abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut mahiyatni xarakterlaridan bo`lib, nom bilan belgilanib, birorta qiymatlar to`plamidan qiymatlar qabul qilinadi.
“Mohiyat – aloqa” modelidagi bog`lanishlarga, ikki mohiyat o`rtasidagi har bir bog`lanish turiga tegishli munosabatlarni kiritish zarur (binar, ternar.., n-nar).
Loyiha haqidagi axborot diagramma ko`rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari – to`rtburchak bilan,atributlar-ovallar bilan tasvirlanadi va ular mos mohiyatlar bilan yo`nalishsiz qirralar bilan bog`lanadi.
“Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani (PS) faqat aniq bir qismini akslantiradi. Bu holda uni lokal model deyiladi. PS haqida to`la axborotga ega bo`lish uchun uni etarli kengroq tekshirish zarur va oldingisini to`ldiradigan local modellar qurish kerak. Shundan so`ng lokal modellar birlashtirilib PS haqida bir butun kompozitsion tasvirga ega bo`lamiz.
Misol tariqasida IMTIHON MBning mohiya – aloqa modeli qurilgan.