Ma’lumotlar bazasi jadvallarining fizik modeli. Ma’lumotlar bazasi jadvallarining fizik modeli jadvalning har bir maydoni xossalarini tavsiflashni nazarda tutadi. Maydon xossalarini tavsiflash uchun quyida ko‘rsatilgan shaklga qarab loyiha jadvali tuzilishi zarur.
Shunday qilib, ma’lumotlar bazasi jadvali loyihasining fizik modelini ishlab chiqish har bir maydonning xaraktyeristikalarini tavsiflashda keltiriladi. Ma’lumotlar bazasi jadvallari maydonlarining majburiy bo‘lgan xaraktyeristikalarini kyeltiramiz. Maydon nomi birorta minimal sondagi simvollardan tashkil topadi. Jadvalda har bir alohida MBBT maydon nomlarini tuzishning o‘ziga xos qoidalari mavjud. Umuman olganda maydon nomini probyel bilan boshlamaslik, simvollar sifatida tinish byelgilar ishlatishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Maydon imzosi – qiymati maydon yacheykasida saqlanayotgan obyekt nomi bilan identifikatsiyalanadi. Maydon imzosi jadval sarlavhasida joylashadi. Zamonaviy MBBTda maydon imzosini tuzishga biron-bir cheklanishlar mavjud emas.
Ma’lumot toifasi (tipi) – MBBTda ishlatiladigan ma’lumot turi.
Simvollar (belgilar) soni – maydon yachyeykalarida saqlanishga mo‘ljallangan belgilar soni.
Aniqlik – sonli maydonlarda verguldan keyin raqamlar soni.
Kalit – ushbu maydonning kalit maydonini aniqlaydi.
Keltirilgan xossalar tarkibi jadvallarda saqlanishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar tavsifini minimal zaruriy kattaliklaridir.
Ma’lumotlar saqlashning fizik modeli. fizik model ma’lumotlarni kompyutyer xotirasida yoki boshqa axborot saqlovchilarda joylashish usull arini, shuningdyek, bu ma’lumotlarga saqlash va murojaat qilish usull arini aniqlaydi. Tarixan saqlash va murojaat qilishni birinchi tizimlari faylli strukturalar va fayllarni boshqarish tizimlari bo‘lgan. MBBTning boshqarish tizimida axborotlarni saqlash uchun faylli tizimlar samarasiz hisoblanadi. Shuning uchun zamonaviy MBBTda faylli strukturalardan byevosita ma’lumotlarni tashqi tashuvchilar tashqi xotira qurilmalarida joylashtiriladi.
Ma’lumotlarning fizik modelini ishlab chiqish.
Ish boshlashdan oldin, odatda MB obyektlari kerakli xarakteristikalarini tuzib olish kerak, ya’ni ma’lumotlar fizik modelini yaratib olish kerak. Buning uchun:
• obyektlarni tasvirlash belgilarining (tarkibi va maydonlari soni) nomenklaturasini o‘rganish;
• jadvallar har bir maydonining xarakteristikasini o‘rganish;
• natijalarni jadval ko‘rinishida rasmiylashirish
(1-jadval).
Jadval nomi. Jadvalga nom berishda quyidagi tavsiyalarni hisobga olish kerak:
• jadval nomi unda joylashgan ma’lumotlarning mazmuniga mos bo‘lishi kerak; jadval nomida tinish belgilari, qavs, undov belgisini ishlatish mumkin emas;
• jadval nomi oraliq (probel) bilan boshlanishi mumkin emas;
• bitta ma’lumot faylida bir xil ismli jadvallar bo‘lishi mumkin emas.
Amaliy qism.