1.2. rasm. IMTIHON predmet sohasi uchun mohiyat – aloqa modelini qurilishi
Bu model diagramma ko‘rinishda bo‘lib, unda quyidagi belgilashlar ishlatiladi.
Yordamida ob’ektlar belgilanadi.
Yordamida ob’ekt atributlari belgilanadi. Ular ob’ektlar bilan yo‘nalishsiz chiziqlar yordamida birlashtiriladi.
Yordamida ob’ektlar orasidagi aloqalarni belgilaymiz.
Bunda birga ko‘p bog‘langan A va V orasida V ga qaratib yo‘nalgan yo‘nalishli chiziq bilan ko‘rsatiladi. Agar A va V ob’ektlar o‘rtasida N:1 bog‘lanish bo‘lsa, strelka A ga qarab yo‘naltiriladi.
A va V orasida 1:1 bog‘lanish bo‘lsa, yo‘nalishsiz chiziq bilan bog‘laymiz.
A va V ob’ektlar o‘rtasida M: N bo‘lsa, ularni ulovchi chiziq
orqa li bog‘lanadi.
Ma’lumotlarning fizik modeli. Relatsion ma’lumotlar bazasining fizik bosqichi (fizik model) axborotlarni saqlash va qayta ishlash usullarini xaraktyerlaydi. Ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyotida ma’lumotlarning fizik modelini qurishga ikki xil yondashish mavjud. Birinchi yondashish aniq MBBTga bog‘liq bo‘lmay har bir jadval ma’lumotlarining fizik xossalarini tavsiflashga asoslanadi. Ya’ni, ma’lumot bazalari jadvallarining fizik modeli.
Fizik modellarni ishlab chiqishga ikkinchi yondashish aniq MBBTda ma’lumotlarni saqlash, tashkil qilish, arxityekturasini ishlab chiqish bilan bog‘liq va ko‘pincha ma’lumotlarni saqlashning fizik modeli deyiladi. Ma’lumotlar bazasini loyihalovchi o‘zi yaratayotgan axborot tizimi uchun amaliy dastur tuzilishining arxityekturasini bilmasligi mumkin, lekin har bir jadval uchun fizik modelni ishlab chiqishi kerak.