1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə13/55
tarix24.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#147742
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Аналитик кимё тажриба 2022.

Fe3+ KATIONINING REAKSIYALARI
1. Ammoniy sulfid (NH4)2S temir (III) tuzining eritmalariga qo`shilganda qora cho`kma - temir sulfidni beradi:
2FeCl3 + 3(NH4)2S = Fe2S3↓ + 6NH4C1
2Fe3+ + 3S2- = Fe2S3
Bu cho`kma kislotalarda eriydi.
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 2 tomchi temir xlorid FeCl3 eritmasi, keyin 2 tomchi ammoniy sulfid eritmasi tomiziladi.
2. Uyuvchi ishqorlar va ammiak qung’ir quyuqlashgan cho`kma-temir (III) gidroksidni ajratadi:
FeCl3 + ZKON = Fe(OH)3↓+ 3KC1
Fe3+ +ZON- =Fe(OH)3
Temir (III) gidroksid kislotalarda eriydi, ammo ortiqcha ishqorlarda erimaydi.
Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi FeCl3 eritmasiga 2 tomchi ishqor eritmasi qo`shiladi.
3. Kaliy rodanid KSCN temir (III) tuzlarining eritmasi bilan temir (III) dissosilanmagan rodanidning hosil bo`lishi natijasida qizil-qon rangini beradi:
FeCI3+ 3KSCN = Fe(SCN)3 + 3KC1
Fe3+ + 3SCN- = Fe(SCN)3
Keltirilgan reaksiyaning tenglamasi soddalashtirilgandir. Haqiqatda kaliy rodanid temir (III) tuzlariga ta'sir etganida qator temir rodanidli komplekslar hosil bo`ladi.
Reaksiya qaytar, shuning uchun uning seziluvchanligini oshirish uchun reaktiv ortig`i bilan olinishi kerak. Reaksiyani kuchsiz kislotali muhitda olib boriladi.
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 1 tomchi xlorid ertmasi va 2 tomchi kaliy rodanid eritmasi tomiziladi.
4. Kaliy geksasianoferrat (II) (sariq qon tuzi) K4[Fe(SN)6] temir (III) tuzlarining neytral (yoki kislotali) eritmalaridan intensiv ko`k rangli cho`kma - berlin lazurini cho`ktiradi:
4FeCl3 + 3K4[Fe(CN)6] = Fe4[Fe(CN)6]3↓+ 12KS1
4Fe3+ + 3[Fe(CN)e]4- = Fc4[Fe(CN)6]3
Cho`kma kislotalarda sezilarli erimaydi, ishqorlar uni parchalaydi. Reaksiya juda seziluvchan va shuning uchun, odatda, analiz qilinadigan eritmalarda Fe3+ ionini aniqlash uchun qo`llaniladi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin