1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


ANALITIK TAROZINI ISHLATISH QOIDALARI



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə42/55
tarix24.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#147742
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Аналитик кимё тажриба 2022.

ANALITIK TAROZINI ISHLATISH QOIDALARI
Analitik tarozida tortishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak.
1. Tortishga kirishishdan avval yoritgichning shtepsel vilkasi elektr tarmog`iga ulanadi.
2. Tortishdan oldin tarozi va toshchalarning holatini tekshirib ko`rish lozim. Shovun, shayin va ilgaklarning holatini ko`zdan kechirish, cho`tkacha bilan asta-sekin changdan tozalash va nol nuqtasiga qo`yish kerak. Tarozida biror nuqson borligi aniqlansa, tezda o`qituvchiga yoki laborantga xabar berish zarur.
3. Tarozini joyidan siljitmaslik, uni keskin harakat va tebranishlardan ehtiyot qilish lozim.
4. Tortishdan oldin kolonkaning naq ro`parasida stulda qulay vaziyatda o`tirish kerak, tortish vaqtida stulni qo`zg`atish yaramaydi.
5. Tortiladigan narsalar temperaturasi o`lchash xonasidagi temperaturaga teng bo`lishi kerak. Buning uchun ular tarozi oldida eksikatorda qariyb 20-30 minut saqlab turiladi.
6. Tortiladigan narsa tarozining chap pallasiga, tosh uning pallasiga qo`yiladi. Tortiladigan modda va toshlar pallaning o`rtasiga qo`yiladi. Tarozida keragidan ortiqcha yukni tortmaslik kerak.
7. Moddani qog`ozda yoki to`gridan-to`gri tarozi pallasiga tortish yaramaydi. Modda byuks, tigel, probirka yoki soat oynasiga solib tortiladi.
Aniqlash tartibi.
1. Tortim olish.
Tozalab yuvilgan va ichki tomoni toza filtr qog`oz, sirti esa sochiq bilan quriguncha artilgan byuks 120-1250C temperaturadagi quritish shkafiga joylashtiriladi. Byuksning qopqog`ini bekitmay, qirrasi bilan qo`yiladi. 45-60 minut o`tgach byuks eksikatorga qo`yiladi. Byuks soviganda so`ng u analitik tarozida tortiladi va tortish natijasi daftarga yozib qo`yiladi. Keyin qo`l tarozida yoki texnik-ximiyaviy tarozida taxminan 1,5-2g ya`ni qayta kristallangan va havoda quritilgan (ya`ni gigroskopik suvi bo`lmagan) dan tortib olinadi, taxt qilib qo`yilgan byuksga solinadi, uning qopqog`i bekitiladi va analitik tarozida tortiladi. Byuksning kristall gidrat bilan birgalikdagi og`irligi ham daftarga yozib qo`yiladi.
2. Quritish.
Kristallgidrat tortimi solingan byuks ochiladi, qopqog`i qirrasi bilan qo`yiladi va 1,5-2 soat quritish shkafiga qo`yiladi. Quritish 120-1250C temperaturada olib boriladi, chunki bundan yuqori temperaturada tuz qisman parchalanishi va uchib etishi ehtimol, pastroq temperaturada esa krisstalizatsiya suvining bir qismi haydalmasdan qoladi. So`ngra byuks va qopqogi eksikatorga joylanadi va 15-20 minut o`tgach, moddaning temperaturasi tarozili xona temperaturasi bilan bir xil bo`lganda byuksning og`zi bekitiladi va tortiladi. Quritish va tortish ishlari byuksning og`zi bekitiladi.va tortiladi. Quritish va tortish ishlari byuksning ichidagi modda bilan birgalikdagi og`irligi o`zgarmay qolguncha (ikkinchi tortish birinchisidan 0,0002g dan ortiq farq qilmasligi kerak ) 1-2marta takrorlanadi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin