Reaksiyaning bajarilishi. Buyum oynasiga 1 tomchi rux tuzining eritmasidan tomiziladi, biroz quritiladi va bir tomchi suyultirilgan sirka kislota bilan kislotali muhit xosil qilinadi. Darhol 1 tomchi reaktiv qo`shiladi. Tushgan kristallarni mikroskop ostida ko`riladi.
5. Quruq yo`l bilan reaksiya. Rux tuzining eritmasi bilan va kobalt nitrit eritmasi bilan xo`llangan filtr qog`oz parchasi yondirilganda sinkat kobalt yashil ranga buyalgan kulni beradi (Rinman yashili). Bunda quyidagi reaksiya sodir bo`ladi:
Zn(NO3)2 + Co(NO3)2 = CoZnO2 + 4NO2 + 2O2 Reaksiyaning o`tishiga A13+ va Sr3+ ionlari xalaqit beradi.
Reaksiyaning bajarilishi. Katta bo`lmagan filtr qog`ozning bo`lakchasini 1-2 tomchi rux tuzi bilan ho`llanadi. Keyin qog`ozchani bir tomchi Co(NO3)2 ning suyultirilgan eritmasi bilan ho`llanadi. Qog`oz quriguncha qo`yiladi va kichik chinni piyolada yondiriladi. Hosil qilingan kulning rangi kuzatiladi.
A13+ KATIONINING REAKSIYALARI 1. Ammoniy sulfid (NH4)2S alyuminiy tuzlarining eritmalari bilan alyuminiy gidroksidning oq cho`kmasini hosil qiladi:
3(NH4)2S + AlCl3 + 6H2O = 2Al(OH)3↓+ 3H2S +6NN4Cl
2AI3+ +3S2- +6N2O = 2Al(OH)3↓ + 3H2S
Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi alyuminiy tuzining eritmasiga 2 tomchi ammoniy sulfid eritmasi qo`shiladi. Cho`kmaning tushishi kuzatiladi.
2. O`yuvchi ishqorlar alyuminiy tuzlari bilan alyuminiy gidroksidning oq cho`kmasini hosil qiladi:
AlCl3 + ZKON = A1(ON)3↓ + ZKS1
A13+ + ZON- = A1(ON)3↓
Alyuminiygidroksidningamfoterlixossasitufaylicho`kmasuyultirilgankislotalardavaortiqchaishqordaishqoriymetalningalyuminatinihosilqiliberiydi.
A1(ON)3 + KON = KA1O2 + 2N2O