6-Laboratoriya ishi Mavzu: Tortma analiz. Xaydash usuli bo‘yicha analiz qilish yo‘li. Yakka tartibda tarozida tortishni o‘rgatish. Ishchi ishqor eritmasini tayyorlash va uni konsentrasiyasini aniqlash. Tortma analizning afzalliklari va kamchiliklari Tortma analiz miqdoriy analiz usullari ichida o`zining aniqlik darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu usulning aniqlik darajasi 0,005-0,01% ga teng.Tortma analiz usulidan ko`pgina kation va anionlarni miqdoriy analiz qilishda foydalaniladi. Uning birdan-bir kamchiligi xajmiy usullari karaganda uzok vaqt talab qilishidir. Lekin shunday bo`lsada , bu usul hozirgi kunga qadar o’z axamiyatini yo`qotgani yo`q. Bu usuldan ba`zi bir vaqtda baxslashuv masalalarini xal qilishda xamda ilmiy tadqiqot ishlarida keng qo’llaniladi.
Cho`kmaga qo`yiladigan talablar. Biz yuqorida ko`rdikki, cho`ktirish usulida cho`ktiriladigan va tortiladigan formalar mavjud bo`lib, ularga alohida- alohida talablar qo`yiladi.
Cho`ktiriladigan formaga qo`yiladigan talablar. 1. Cho`ktiriladigan forma nihoyatda kam eriydigan bo`lishi kerak. Aks holda aniqlanayotgan ionni to`la cho`ktirish imkoniyatiga ega bo`lmaymiz. Ko`p sonli tajribalarning ko’rsatishicha eruvchanlik ko`paytmasining (EK) qiymati EK 10-8 dan kichik bo`lgan hollarda biz aniqlanayotgan ionni to`la cho`ktirish imkoniyatiga ega bo`lamiz. Masalan EKAgCl = 1,1*10-10 , EKFe(OH) = 1.1*10-36 EK 10-8 dan katta bo`lgan birikmalarni bu usul yordamida aniqlab bo`lmaydi, chunki aniqlanayotgan ionni to`la cho`ktirish imkoniyati bo`lmaydi.
2. Cho`kmaning tuzilishi mumkin qadar tezlik bilan filtrlashga va qo`shimchalardan tozalab yuvishga imkon bersa maqsadga muvofiq bo`ladi. Yirik kristall cho`kmalar bilan ishlash qulay, chunki bunday cho`kmalar filtr teshiklarini to`sib qolmaydi va yuzasi kichik bo`lganligi sababli begona ionlardan osonlik bilan yuviladi.
Al(OH)3 singari amorf cho`kmalar esa juda hajmdor bo`lib, ular begona ionlarni ko`p adsorblaydi va uni bu begona ionlardan tozalash ancha qiyin bo`ladi. Bundan tashqari, bunday xollarda cho`kmalarni filtrlash ham ancha sekinlik bilan boradi.