1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə31/55
tarix24.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#147742
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55
Аналитик кимё тажриба 2022.

NO2- IONINING REAKSIYALARI
NO2- ioni nitrit kislota HNO2 ning anionidir. Nitrit kislota turg`un bo`lmagan va kuchsiz kislota. Nitritlar nitrit kislotadan barqarorroq. Ularning hammasi suvda yaxshi eriydi. Kumush nitrit boshqalardan kamroq eriydi, ammo isitilganda u oson eriydi.
1. Suyultirilgan sulfat kislota sovuqda barcha nitritlarni qo`ngir gaz - azot qo`sh oksidni ajratish bilan parchalaydi:
NaNO2 + H2SO4 = NaHSO4 + HNO2
2HNO2 = NO2 + NO + H2O
2NO + O2 = 2NO2
Konsentrlangan sulfat kislota xuddi suyultirilgan kislotaday, ammo faqat keskinroq reaksiyaga kirishadi. Xatto biroz isitish nitrit kislotaning parchalanishini kuchaytiradi.
Reaksiyaning bajarilishi. Natriy nitrit NaNO2 eritmasining 2 tomchisiga suyultirilgan sulfat kislotadan 2 tomchi qo`shiladi. Ajralib chiqayotgan qo`ng`ir gazni oq qog`oz fonida kuzatish qulayroq.
2. Temir (II) tuzlari nitritlarni kuchsiz kislotali eritmada azot (II) oksidga qaytaradi.
2FeSO4 + 2KNO2+ 2H2SO4 = Fe2(SO4)3+2NO + K2SO4 + 2H2O
Azot oksid NO FeSO4 bilan qo`ng`ir rangli beqaror kompleksli birikma hosil qiladi:
FeSO4 + NO = [Fe(NO)]SO4
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga temir (II) sulfat FeSO4 ning yangi tayyorlangan to`yingan eritmasidan 2 tomchi solinadi, 1 tomchi suyultirilgan sulfat kislota bilan kislotali muhitga keltiriladi va so`ngra ehtiyotlik bilan probirka devoridan nitrit eritmasini suyuqliklarni aralashtirib yubormasdan quyiladi. Ikkala suyuqliklarning tutashgan joyida qora qo`ng`ir rang paydo bo`ladi.
3. Griss-Lunge reaktivi nitritlarning kam miqdorda bo`lishida eritmani qizil rangga bo’yaydi, nitritlar ko`p miqdorda bo`lganda qizil cho`kma hosil bo`ladi. Reaksiya juda seziluvchan va nitritlarni ichadigan suvlarda ochish uchun ishlatilishi mumkin.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin