Hisoblashlar. Olingan o‘lchash natijalari asosida quyidagi hisoblashlarni bajaring:
1. Zanjirdagi umumiy tok kuchi Ium = I1 + I2 + I3. Bu tokni mA0 milliampermetrning ko‘rsatishi bilan solishtiring.
2. Zanjirning umumiy qarshiligini topish Rum = U / I0 3. Iste’molchilar qarshiliklari R1 = U/ I1 ; R2 = U/ I2; R3 = U/ I3.
4. Zanjirning umumiy qarshiligi 1/Rum = 1/R1 + 1/R2 + 1/R3.
5. Tarmoqlarning o‘tkazuvchanliklari g1 = I1 /U; g2 = I2 /U;g3 = I3 /U.
6. Zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tokni hisoblash
I = U (g1 + g2 + g3).
7. Zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok kuchi (mA0 milliampermetrning ko‘rsatishi) bilan 1, 6 punktlar bo‘yicha topilgan toklarni solishtiring. Xosil bo‘lgan farqni tushuntiring.
V. Nazorat savollari: Qanday xollarda iste’molchilar ketma-ket yoki paralel ulanadi?
kamchilik tomonlari.
3. Zanjirdagi umumiy tok kuchi Iumbilan mA0 milliampermetrning ko‘rsatishi orasidagi farqni tushuntiring.
Nima uchun zanjirda voltmetr paralel ampermetr ketma-ket
ulangan? Aksincha ulansa nima bo‘ladi?
VI. Xulosa. Tajriba ishini bajarish va natijalarni hisoblash jarayonida olingan xulosalaringizni yozing.
Tajriba ishini yanada mukammallashtirish, uning tushunarli bo‘lishi va amaliy ahamiyatini oshirish uchun yana nimalarga e’tibor berish kerak.
VII. Adabiyotlar A.S. Karimov Elektrotexnika va elektronika asoslari. T. O‘qituvchi 1995 y. 6-21 betlar.
A.S. Karimov Elektrotexnika. Masalalar to‘plami va laboratoriya ishlari.T. O‘qituvchi. 1989 y. 87-91 betlar.