II. Ishni bajarishdan maqsad. Tajriba ishini bajarishdan maqsad, o‘zgarmas tok manbaiga iste’molchilarni ketma-ket va parallel ulanganda zanjirdagi tok kuchi va kuchlanishlarning taqsimotini o‘rganish, shuningdek Om va Kirxgof qonunlarini tajribada tekshirib ko‘rish.
III. Ishni bajarish tartibi. Laboratoriya ishi ikkita mashg‘ulotdan iborat. Iste’molchilari ketma-ket ulangan zanjirni o‘rganish va iste’molchilari parallel ulangan zanjirni o‘rganish.
Laboratoriya ishini bajarishdan avval texnika xavfsizligi talablari bilan tanishib chiqish talab qilinadi. So‘ngra 1.3 va 1.4-rasmda ko‘rsatilgan sxemalar asosida laboratoriya ishini bajarib, tegishli hisoblashlar amalga oshiriladi.
Laboratoriya ishini topshirish uchun o‘lchashlar va barcha hisoblar bajarilgandan so‘ng nazorat savollariga javob beriladi va xulosa qism yoziladi.
1- mashg‘ulot.Iste’molchilari ketma-ket ulangan zanjir.
Tajriba ishini bajarish uchun 3 – rasmda keltirilgan sxema yig‘iladi.
1.3 - rasm. 1- mashg‘ulotning sxemasi.
mA- o‘zgarmas tok millampermetri,mA; R1 , R2 va R3 o‘zgarmas qarshiliklar;
V0 va V– o‘zgarmas tok voltmetrlari.
Sxemani yig‘ib bo‘lgach uni mashg‘ulot raxbariga ko‘rsating. Sxemaning to‘g‘ri yig‘ilganiga ishonch xosil qilgach, uning kirishiga 5-10 V atrofida U0 kuchlanish bering. Sxemaga berilgan U0 kuchlanishni V0 voltmetr yordamida, zanjirdagi I tok kuchini mA milliampermetr yordamida o‘lchab, yozib oling. Ayrim iste’molchilardagi U1, U2 , U3 kuchlanishlarni V voltmetr yordamida o‘lchang. O‘lchash natijalarini 1-jadvalga yozing.