3-laboratoriya ishi Oberbek mayatnigida jismning inersiya momentini aniqlash va aylanma harakat qonunlarini tekshirish
Кerakli asboblar: 1. shkiv, og’irligi 200g dan bo’lgan 4 ta tosh va 4 ta sterjendan iborat qurilma, 2. Oberbek mayatnigi, 3. senkundomer, 4. shtangensirkul, 5. masshtabli lineyka.
Ishning maqsadi: qattiq jismning inersiya momentini va aylanma harakat qonunlarini, Oberbek mayatnigi yordamida o’rganish .
1.Ishning nazariyasi Jismning zarrachalari ma’lum radiuslarga ega bo’lgan aylana bo’ylab harakat qilib, ularning aylanish markazlari bir to’g’ri chiziq ustida yotsa, bunday harakatga aylanma harakat deyiladi.
Qattiq jismning aylanma harakati quyidagi to’rtta kattalik bilan xarakterlanadi:
1. Burchak tezlik ; 2. Burchak tezlanishi ; 3. Кuch momenti ; 4. Inersiya momenti J.
Bu kattaliklar mos ravishda ilgarilanma harakatdagi tezlik , tezlanish a, kuch F va massa m ga o’xshash bo’ladi.
Aylanayotgan jism nuqtasining chiziqli tezligi vaqt birligi ichida shu nuqta bosib o’tgan yoy uzunligi bilan o’lchanadi. Aylanayotgan jismdagi biror nuqtaning chiziqli tezligini topish uchun uning bosib o’tgan yo’lini /yoy uzunligini / shu yo’lni bosib o’tish uchun ketgan vaqtga bo’lamiz, ya’ni:
υ
Tekis aylanma harakatda, nuqtaning aylanish radiusi R va aylanish davri T ma’lum bo’lsa, uning chiziqli tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
υ υ 1
Sayl – aylana uzunligi.
Formula 1 dan ko’rinib turibdiki, aylanayotgan jism nuqtalarining chiziqli tezligi, u nuqtalarning aylanish o’qidan qanday masofada turishiga bog’liq bo’ladi. Aylanayotgan jismning burchak tezligi deb, uning vaqt birligida burilgan burchagiga son jihatdan teng bo’lgan fizikaviy kattalikka aytiladi.
To’la davr ichida jism 2 radian burchakka burilgani uchun burchak tezligi
2 bo’ladi.
Burchak tezlik jismning aylanishi burchagi orqali aniqlangani uchun, uning hamma nuqtalari bir xil burchak tezlikka ega bo’ladi. 1 va 2 formulalardan burchak tezlik bilan chiziqli tezliklar orasidagi bog’lanishni quyidagicha yozish mumkin :
υ 3
Burchak tezlanish deb, vaqt birligi ichida burchak tezlikning o’zgarishiga son jihatdan teng bo’lgan fizikaviy kattalikka aytiladi:
bunda, -boshlang’ich burchak tezligi
, vaqtdagi burchak tezlik.
O’zgarmas burchak tezlikka ega bo’lgan harakatga, tekis aylanma harakat deyiladi. Кo’p hollarda tekis o’zgaruvchan aylanma harakat uchrab turadi. Agar aylanish o’qiga ega bo’lgan jismga , radiusiga tik yo’nalishda , miqdor jihatdan o’zgarmas kuch ta’sir etsa , u aylana bo’ylab tekis o’zgaruvchan harakat qiladi.
Aylanma harakatda kuch ( ) ning ta’siri jismning qaysi joyiga qo’yilganligiga qarab har xil bo’lganligi uchun, kuch o’rniga kuch momenti ishlatiladi. Кuch momenti aylanish o’qidan kuch yo’nalishiga tushirilgan perpendikulyar uzunligining kuchga ko’paytmasi bilan o’lchanadi 1-rasm .
(4)
1-rasm.
M ning SI sistemadagi o’lchov birligi dir.
Aylanma harakatda jismning massasi o’rniga inersiya momenti J qo’llaniladi.
Nuqtaviy jismning inersiya momenti deb, nuqtaning aylanish radiusi kvadratini uning massasiga ko’paytmasi bilan ifodalanadigan kattalikka aytiladi, ya’ni
2 5
SI sistemasida J ning o’lchov birligi – [kg.m2] .
Ilgarilanma harakat dinamikasining asosiy qonuni bo’lgani uchun, aylanma harakat dinamikasining asosiy qonuni mos ravishda quyidagicha ifodalanadi :
6
Demak, inersiya momentlari bir xil bo’lgan jismlar bir xil kuch momenti ta’sirida, bir xil burchak tezlanishi oladi. Aylanayotgan har qanday jismning inersiya momenti, uning ayrim elementar bo’laklarining inersiya momentlari yig’indisiga teng :
Ilgarilanma harakat kinetik energiyasi: ga o’xshash, aylanayotgan jismning kinetik energiyasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: .